Adliya vazirligi maʼlumotiga köra, tegişli idoraviy hujjat 2026-yil 3-oktabrda 3950-son bilan davlat röyxatidan ötkazilgan.

Hujjat davlat organlari va taşkilotlari, şuningdek, ustav fondida davlat uluşi 50 foiz va undan ortiq bölgan xöjalik jamiyatlariga taalluqli. Unda komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat tuzilmalarining vazifalari, funksiyalari, huquq va majburiyatlari hamda faoliyatini taşkil etiş tartibi belgilangan.

Içki nazorat tuzilmalari korrupsiya holatlarini barvaqt aniqlaş va ularning oldini oliş bilan şuğullanadi. Korrupsiyaga sabab böluvçi omillarni bartaraf etiş hamda manfaatlar töqnaşuviga yöl qöymaslik çoralarini köriş ham ularning vazifalari qatoriga kiradi.

Mazkur tuzilmalar faoliyati Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi hamda tegişli davlat organlari va taşkilotlari tomonidan birgalikda taşkil etiladi. Ular xizmat yoki bölinma şaklida tuzilişi yoxud alohida lavozimdan iborat bölişi mumkin.

Rahbarlar va xodimlar uçun minimal malaka talablari ham belgilangan. Jumladan, ular oliy maʼlumotga, tegişli iş stajiga hamda korrupsiyaga qarşi kuraşiş böyiça maxsus öquv kurslarini tamomlaganlik sertifikatiga ega bölişi kerak.

Hujjatda xodimlarni rağbatlantiriş böyiça alohida tartib nazarda tutilgan. Içki nazorat tuzilmalari rahbarlari va xodimlari faoliyatiga samaradorlik körsatkiçlari - KPI qöllanmaydi. KPI bilan boğliq ustamalar maksimal miqdorda tatbiq etiladi. KPI'ni pasaytiriş esa Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi bilan kelişilgan holda amalga oşiriladi.

Şuningdek, içki nazorat tuzilmalari xodimlarining davlat himoyasida bölişi, ular huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilinişi belgilangan.