Jizzax şahrida erkak 10 yoşli bolani zörlab, söng öz joniga qasd qildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Dastlabki maʼlumotlarga köra, 2016-yilda tuğilgan voyaga yetmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etilgani aniqlangan. Holat haqida jabrlanuvçining yaqin qarindoşi huquqni muhofaza qiluvçi organlarga xabar bergan.

Maʼlum qilinişiça, holat yuzasidan suriştiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Gumon qilinuvçi A.R. protsessual harakatlardan söng öz joniga qasd qilgan.

“Ayni vaqtda holatning barça tafsilotlari, jumladan, voyaga yetmagan bolaga nisbatan sodir etilgan harakatlarning davri, xususiyati va boşqa holatlar huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan örganilmoqda”, deyiladi munosabatda.

5-oktabr kuni voyaga yetmagan B.D.ga Jizzax şahar “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan keys oçilib, bola birlamçi baholaşdan ötkazilgan va unga psixologik xizmat körsatiş taşkil etilgan. 

Qöşimça qilinişiça, hozirgi vaqtda bola xavfsiz joyda. Uning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qiliş, xavfsizligini taʼminlaş hamda ruhiy holatini barqarorlaştiriş böyiça zarur çoralar körilmoqda.

Holat yuzasidan ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasi natijalaridan kelib çiqib, qöşimça çoralar belgilanişi bildirilgan.

Senat 14 yoşgaça bölgan bolalarga nisbatan jinsiy jinoyatlar uçun umrbod ozodlikdan mahrum qiliş jazosini maʼqulladi