«Lokomotiv» hujumçisi Temurxöja Abduxoliqov Özbekiston milliy terma jamoasiga çaqirilgan. Bu haqda u OÇL doirasidagi «Ar-Rayyan»ga qarşi safardagi öyin oldidan Tribuna.uz muxbiri bilan suhbatda aytib ötdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
27 yoşli hujumçi «Loko»ning mavsumdagi dastlabki ikki öyinida ikkita gol muallifi böldi: u OKMKga qarşi Özbekiston Superkubogi uçun keçgan öyin (2:1) va OÇL guruh bosqiçining 1-turida BAAning «Al-Vahda» klubi bilan (2:0) uçraşuvlarda tezkor gol urib, hisobni oçdi – har ikkala safar ham boşi bilan darvozani işğol etdi. Ammo, Temurxöjaning aytişiça, u MTJga bu ikki öyindan oldinroq çaqiruv olgan.
«Terma jamoaga çaqirilganman, lekin klub mavsumdagi dastlabki ikkita öyindan avval xat olgan. Kuper meni bu öyinlardagi gollarimdan keyin çaqirmagan. Superkubok öyinidan 2-3 kun oldin klubga xat kelgan edi: quyidagi futbolçilar terma jamoaga çaqiriladi, tayyorlaninglar, pasport, hujjatlar va hokazo.
Balki şu çaqiruvdan ruhlanib, gol urgandirman? Yöq, terma jamoa töğrisida umuman öylamadim. Çunki har doimgiday bir-ikki marta örtoqlik uçraşuvlariga çaqirilaman. Eng asosiy payt kelganda har doim men çetda qolaman. Şuning uçun bundan u qadar ruhlanib ham ketmadim, e'tibor ham bermadim. Özimni işimni qilişda davom etişga harakat qilaman», – dedi Abduxoliqov.

Özbekiston termasi 21-25 mart kunlari Xitoyda bölib ötadigan «China Cup» musobaqasida iştirok etadi. Ektor Kuper qöl ostidagi jamoa 22 mart kuni turnir yarim finalida Urugvay milliy termasiga qarşi öyin ötkazadi. Undan bir kun oldin turnirdagi birinçi juftlik – Xitoy va Tailand termalari dastlabki finalçini aniqlab olişadi. Uçinçi örin uçun öyin va final uçraşuvlari 25 martga belgilangan.
Argentinalik murabbiy hozirça Xitoydagi turnir uçun kengaytirilgan tarkibni e'lon qilganiça yöq.
Ma'lumot uçun, Temurxöja Abduxoliqov terma jamoa boşqaruviga Ektor Kuper kelganidan keyingi birinçi yiğinga çaqirilgan va 2018 yil sentyabridagi Suriya (zaxiradan) va Eronga (boşlanğiç tarkibda) qarşi örtoqlik uçraşuvlarida iştirok etgan edi. U MTJning şundan keyingi yiğinlariga jalb etilmadi.











