Malayziya fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (CAAM) Efiopiyadagi aviahalokatdan söng mamlakat hududida Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanişni vaqtinçalik töxtatdi, deb xabar berdi Star gazetasi.
"CAAM Malayziyadan hamda Malayziya orqali tranzit reyslarini amalga oşiradigan Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanişni zudlik bilan vaqtinçalik töxtatadi", - dedi boşqarma rahbari Ahmad Nizar Zulkafar.
Uning qayd etişiça, mamlakatdagi heç qaysi aviakompaniya uşbu rusumdagi samolyotlardan foydalanmaydi.
Yakşanba kuni Ethiopian Airlines aviakompaniyasining Addis-Abebadan Nayrobiga parvozni bajariş vaqtida Boeing 737 samolyoti halokatga uçradi.
Efiopiyadagi fojiadan söng Xitoy, Indoneziya, Vetnam va Singapur Boeing 737 MAX 8 samolyotlaridan foydalanişni vaqtinçalik töxtatib turişlarini ma'lum qildi.












