Toshkent shahrida IIBB YHXB yo‘l-patrul xizmati inspektorlarining yangi formasi sinov qilinmoqda. Bu haqda Toshkent IIBB matbuot xizmati ma'lum qilgan.

«YHXB yo‘l-patrul xizmatining ikki inspektori chindan ham yangi formada xizmatni o‘tamoqda. Tajriba davomida xizmat kiyimining chidamliligi, kiyganda va harakatlanishda qulayligi  tekshirilmoqda», — deyiladi IIBB xabarida.

Xabarda qayd etilishicha, fuqarolar fikrini inobatga olish ham ko‘zda tutilgan bo‘lib, boshqarma aholiga «Yo‘llardagi huquq-tartibot xodimlari shunday ko‘rinishda bo‘lishini istaysizmi?» degan savol bilan murojaat etgan.

Foto: Toshkent IIBB

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida Toshkent shahar IIBB boshlig‘i Rustam Jo‘rayev yaqin oylar ichida ichki ishlar tizimi xodimlari uchun yangi formalar jamoatchilikka taqdim etilishi to‘g‘risida ma'lum qilgandi.