Sport | 18:14 / 18.03.2019
13588
2 daqiqa o‘qiladi

Suares O‘zbekistonga qarshi o‘yinda ishtirok etmasligi aniq bo‘ldi

Foto: Getty Images

«Barselona» hujumchi Luis Suaresning jarohatito‘g‘risida rasmiy axborot berdi. U kecha La Liganing «Betis» bilan o‘yini oxirida shikastlangandi.

Bugun bo‘lib o‘tgan tibbiy tekshiruvlar Suaresning o‘ng oyog‘i to‘piq paylari cho‘zilganini aniqlagan. Endilikda u 10-15 kun maydonga tusha olmaydi, tiklanish jarayonini «Barselona» shifokorlari nazoratida o‘tkazadi.

Shu tariqa Luis Urugvay terma jamoasining bugundan Xitoyda boshlanayotgan yig‘inida ishtirok eta olmaydigan bo‘ldi. Jamoa «China Cup» xalqaro turnirining yarim finalida O‘zbekiston milliy termasiga qarshi maydonga tushadi, o‘yin 22 mart, juma kuniga belgilangan.

Yarim finalning ikkinchi juftligida mezbon Xitoy va Tailand termalari to‘qnash kelishadi. 25 mart kuni uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilangan.

Mavzuga oid