Fransiyada superkambek, Turkiya quyi ligaga tuşib ketmoqda
|12:06 / 06.10.202614 23013 min
Fransuzlar Belgiyaga qarşi öyinda 77-daqiqagaça ortda borayotgandi, keyin 13 daqiqa içida 4 ta gol urişdi. Turklar qatorasiga törtinçi öyinda ham yutqazdi.
Millatlar ligasida yana 4 guruhda 4-tur uçraşuvlari bölib ötdi.
Millatlar ligasi terma jamoalar boş murabbiylari uçun tajriba maydonçasi vazifasini ötaşda davom etmoqda. Guruh peşqadamligi uçun keçgan bahsda ikki murabbiy ham heç kim tanimaydigan darvozabonlarni maydonga tuşirdi: fransuzlar darvozasini «Tuluza»dagi Rest, belgiyaliklarnikini «RB Leypsig» aʼzosi bölgan Vandevordt qöriqladi.
Zidan şogirdlari darhol taşabbusni qölga oldi va töp yöqotilişi bilan kuçli pressing uyuştirdi. Mark van Bommel jamoasi esa quyi blokda himoyalandi. Mehmonlar faqat birinçi bölim örtalarida raqib jarima maydoni içkarisida töp bilan muomala qildi va darhol xavfli vaziyat yuzaga keldi. Ammo Raskinning boşda yöllagan zarbasi biroz xato ketdi.
Fransuzlar esa butun bölim davomida vaziyatlardan foydalanişda oqsadi. Barkolya darvozabon bilan yakkama-yakka vaziyatdan ham foydalana olmadi. Tanaffus arafasida esa mehmonlar hisobda oldinga çiqib olişdi. Fransuzlarning pressingi muvaffaqiyatsiz çiqdi va Lavia maydonning ikkinçi qismidan turib töpni raqib himoyasi ortida yuzaga kelgan böş hududga yetkazdi, Lukebakio ofsayd çiziğida harakatlanib, töpga yetib bordi va darvozabonga imkon qoldirmadi.
Ikkinçi bölimda ham kartina özgarmadi, mezbonlar kuçli bosim ötkazişdi, ammo himoyaçilar va darvozabondan öta olişmadi. Natijada Zidan zaxira kuçlarini işga solişga töğri keldi va birdaniga Olise, Şerki va da Kunya, keyinroq Due ham maydonda paydo böldi. Avvaliga Vandevordt seyv ijro etişda davom etdi, ammo Fransiya tört daqiqa içida öyinni butunlay özgartirdi.
Due jarima maydoni taşqarisida töpni Da Kunyadan qabul qilib olgaç, olis burçakka yerlatib zarba berdi va hisobni tenglaştirdi.
Mavzuga oid
Mehmonlar birinçi goldan öziga kelişga ulgurmasdan ikkinçisini ham qabul qilib olişdi. Bu safar Şerki Maykl Olisening uzatmasini golga aylantirdi.
Öyin oxirida uç daqiqa içida Olise darvozaning turli burçaklariga zarba berib, dublni rasmiylaştirdi, unga ikki golida ham Due assistentlik qildi. Fransuzlar zarbalar soni böyiça yaqqol ustunlikka erişdi (23:5, darvoza sohasiga töğri borgan zarbalar böyiça 8:2) va bu yakuniy hisobda ham öz aksini topdi – 4:1.
Zinedin Zidan boşqaruvidagi tört öyinda Olise 4+2 körsatkiçini qayd etdi. U joriy yil boşidan buyon terma jamoada gol+pas böyiça 17 oçko jamğarib ulgurgan. Noyabrdagi öyinlarda esa Tiyerri Anrining 2023-yilgi rekordini (19) ortda qoldirişi mumkin.
Turkiya tarkibida şusiz ham muammolar köp edi, Bolonyadagi öyinda esa sariq kartoçkalar soni ortib ketgani tufayli Arda Guler va Bariş Yilmaz ham öynay olmadi. Vinçenso Montella öz odatiga köra tajovuzkor öyin körsatdi va raqibni qattiq ter tökişga majbur etdi, ammo yana himoyada işonçsiz harakat qildi. Bölim örtalaridan ötganda Skamakka jarima maydoni markazida töp uçun kuraşda yutib çiqdi va darvozabonga ham imkon qoldirmadi.
«Skuadra adzurra»da hisobdagi farqni oşiriş uçun imkoniyatlar böldi, masalan, Dumbiya yakkama-yakka vaziyatga ega böldi. Ikkinçi bölimda esa turklar hisobni tenglaştirib qöyişdi. Boşqa yetakçilar yöqligida sardorlik boğiçi bilan tuşgan Çelik qanotdan darvozabon maydonçasiga uzatma berdi, töp Elmaliga tekkan holda hisobni tenglaştirgan Aral Şimşirga kelib tuşdi. Ammo hisobdagi tenglik ham uzoq saqlanib qolmadi. Ikkinçi bölimda zaxiradan tuşgan Kalafiori jarima zarbasi ijro etilişi vaqtida barçadan ildamroq harakat qilib, ğalaba golini urdi.
Ikkinçi bölim davomida Dumbiya yana bir qulay vaziyatni yöqqa çiqardi. Ammo uning baxtiga töp italyanlarda qoldi va hujumning ikkinçi tempida Pio Espozito darvozani işğol etdi va bu uning terma jamoadagi 7-goli böldi. Unga qadar «Skuadra adzurri» safida 21 yoşgaça bunça golni faqat Juzeppe Meatssa urgandi. Bu ğalabadan keyin Italiya Belgiyani ortda qoldirib, guruh jadvalida ikkinçi öringa kötarildi. Guruhdagi tört öyinda ham yutqazgan Turkiya esa keyingi ikki tur natijalaridan qatʼi nazar pley-offga çiqmaydi va B divizionga tuşib ketadi.
12-noyabr. Turkiya – Belgiya, Italiya - Fransiya. 15-noyabr. Belgiya – Italiya, Fransiya - Turkiya.
Inqiroz köçasiga kirib qolgan Ruminiya ketma-ket törtinçi öyinda ham yutqazdi. Şvedlarga qarşi öyinda birinçi bölim boşlarida ötkazib yuborilgan gol yagonaligini saqlab qoldi. 13-daqiqada Bergval maydon markazida töpni raqibdan olib qöydi va hujum boşlab berdi, hujumni esa darvozabon hududida böş qoldirilgan Viktor Yokereş gol bilan yakunladi. Bu mavsum «Arsenal»ning asosiy tarkibidan tuşib qolgan uşbu hujumçi xalqaro tanaffusni aʼlo darajada ötkazdi va tört öyinda törtta gol urdi, bundan taşqari, Millatlar ligasida qatorasiga yetti öyinda gol urgan holda rekord örnatdi.
Mezbonlar ikkinçi bölimda öziga keldi va bir neça yaxşi vaziyatlarga ega böldi. Ammo skandinavlar ğalabani saqlab qolişdi va guruh peşqadamligini mustahkamladi. Endi Şvetsiya pley-offga çiqişi uçun keyingi ikki turda bir oçko olişi ham yetarli böladi.
Parallel uçraşuvda şvedlarning guruh ğolibligi uçun raqobatçisi Polşa minimal hisobda yutqazdi. Ikkinçi bölim boşida Xaris Tabakoviçning goli ofsayd tufayli bekor qilingandi, ammo bosniyaliklar baribir öyin oxirida öz maqsadiga erişdi. 84-daqiqada Bednarek jarima maydoni içida raqib futbolçisini qöllari bilan yiqitdi, belgilangan penaltini esa Ivan Başiç aniq ijro etdi. Butun öyin davomida darvoza sohasiga töğri borgan birgina zarba Bosniyaning ğalabasi uçun yetarli böldi.
14-noyabr. Ruminiya – Polşa, Şvetsiya – Bosniya. 17-noyabr. Bosniya – Ruminiya, Polşa – Şvetsiya.
Şimoliy Irlandiya öz maydonida Gurjistonni mağlub etolmadi, holbuki britanlar ğalabaga juda yaqin edi. Öyindagi asosiy epizod 81-daqiqada röy berdi: töp mehmonlar jarima maydonida uzoq qolib ketdi, bir marta darvoza tösiniga ham tegdi, lekin uni heç kim darvoza töriga kiritib yubora olmadi. Keyin esa vaziyatga VAR aralaşdi va penalti belgilandi: bu talatöpda Nodar Lominadze Ruayri Makkonvilning boşiga zarba berib yuborgani maʼlum böldi.
Georgiy Mamardaşvili esa Ayzek Praysning 11 metrdan yöllagan zarbasini qaytardi va jamoasini mağlubiyatdan saqlab qoldi.
Ukraina – Vengriya 1:2 Gollar: M. Tot, 52 (0:1). Yaremçuk, 83 (1:1). Çinger, 85 (1:2) Ukraina: Trubin, Mixavko, Sarapiy, Zabarniy, Krupskiy, Nazarina (Varfolomeyev, 86), Oçeretko (Pixalenok, 70), Veleten (Xlan, 60), Ponomarenko (Yaremçuk, 60), Sigankov, Krasnopir (Vanat, 60) Vengriya: B. Tot, Nad, Çinger, Orban, Oşvat, Soboslai (Çenvay, 87), Şefer (R. Tot, 72), A. Tot (Syuç, 62), Vitaliş, Lukaç (Yurek, 61), M. Tot (Salai, 72) Ogohlantirişlar: Nazarina, 20 – Lukaç, 55. R. Tot, 78
Ötgan turda Şimoliy Irlandiya maydonida yirik hisobda yutqazgan (0:3) Ukraina Vengriyada uy maqomida ötgan öyinda Slovakiyadan ham mağlub böldi – 1:2. Öyinda hisobni Milan Tot oçdi: u jarima maydoniga yorib kirdi va Dmitro Riznikning qöpol xatolaridan keyin asosiy tarkibga qaytarilgan Anatoliy Trubinni ojiz qoldirdi. 83-daqiqada Roman Yaremçuk burçak zarbasidan keyin boşda gol urib hisobni tenglaştirgandi, ammo köp ötmay Mark Çinger slovaklarning tezkor qarşi hujumida ğalaba golini urdi.
14-noyabr. Gurjiston – Vengriya, Şimoliy Irlandiya – Ukraina. 17-noyabr. Vengriya – Şimoliy Irlandiya, Ukraina – Gurjiston.
Armaniston Çernogoriyada golsiz durang qayd etdi. Öyinda yetarliça golli vaziyatlar bölmadi va ikki jamoa ham zarbalar soni böyiça 10 talik nuqtaga yeta olmadi. Mezbonlar safida ikkinçi bölimda maydonga tuşgan Stefan Lonçar esa Nareka Oganesyanga bergan zarbasi tufayli maydonni erta tark etdi.
Kipr uyda Latviya ustidan ğalaba qozondi – 2:1. Öyinning ikkinçi bölimi boşida mehmonlar hisobni oçgandi: Eduards Daşkeviçsning zarbasidan keyin töp himoyaçilarga tekkan holda avvaliga ustunga, keyin darvoza töriga bordi.
Keyin esa mezbonlar kambek amalga oşirişdi. Avvaliga Ioannis Kosti darvozabonga podkat işlatib, töpni olib qöydi va böş darvozani işğol etdi. Öyinga qöşib berilgan daqiqalarda kiprliklar ğalaba golini ham urişdi – Markus Edvards jarima maydoni taşqarisidan aylanma zarba yölladi. Golni nişonlaş uçun maydonga zaxira futbolçilari ham çiqib kelişdi.
S ligasida guruh ğoliblari töğridan töğri V ligasiga ötadi, ikkinçi örin egalari V ligasi vakillariga qarşi ötiş öyinlarida iştirok etadi. Uçinçi va törtinçi örinlarni egallagan jamoalar esa S divizionda qolişadi.
Keyinroq ularga D ligasidagi olti jamoa qöşiladi (bu liga tugatilmoqda). May oyida UEFA Millatlar ligasida uç divizionlik (A, V, S) yangi tizimni tasdiqlagandi, yangi formatda 18 jamoa oltitadan uçta guruhga ajratiladi.
6-oktabr kuni Millatlar ligasida birinçi xalqaro tanaffus doirasidagi sönggi 10 öyin bölib ötadi. Tunda ikki markaziy öyin bor: Xorvatiya – Ispaniya va Angliya – Çexiya. Şuningdek, Şveysariya, Şotlandiya, Belarus, Qozoğiston va boşqa jamoalar navbatdagi öyinlarida maydonga tuşadi.
Millatlar ligasi guruh bosqiçidagi oxirgi ikki tur 12-17 noyabr kunlarida ötkazilişi belgilangan.