Markaziy bank iyul oyida aholining isteʼmol kayfiyatini örganiş uçun qariyb 4,1 ming respondent örtasida sörov ötkazgan. Unda aholining daromadlari, xarajatlari, kreditga ehtiyoji, jamğariş imkoniyatlari va iqtisodiyot böyiça kutilmalari örganilgan. 

30 mln sömdan yuqori daromadli aholining asosiy rejasi - sayohat 

Şarhdagi eng eʼtiborli jihatlardan biri - aholining daromadi oşgani sari xarajatlar tarkibi ham özgarayotgani. 

20–30 mln söm daromad oladigan respondentlarning 18 foizi sayohatga, 16 foizi avtomobilga, 15 foizi esa uy-joy xaridiga pul sarflaşni rejalaştirgan. 

Daromadi 30 mln sömdan yuqori bölganlarda esa sayohat birinçi öringa çiqadi: ularning 32 foizi sayohatga, 30 foizi uy-joy taʼmiriga, 19 foizi avtomobilga, 17 foizi uy-joy xaridiga va 15 foizi oilaviy bayramlarga mablağ ajratişni rejalaştirgan. 

Yaʼni yuqori daromadli aholida xarajatlar kundalik ehtiyojlardan köra köproq yirik xaridlar va xizmatlarga yönaltirilmoqda. 

Markaziy bank buni daromad oşgani sari aholining sayohat, avtomobil va uy-joy kabi yirik xarajatlarga mablağ ajratiş imkoniyati ortayotgani bilan izohlagan. 

Kam daromadli aholida esa taʼmir, taʼlim va davolaniş ustuvor 

Daromadi 5 mln sömgaça bölgan aholining kelgusi xarajatlarida boşqa manzara kuzatiladi. 

Bu guruhda asosiy xarajatlar: 

  • uy-joy taʼmiri; 

  • taʼlim; 

  • davolaniş; 

  • kundalik va boşqa zarur ehtiyojlar.

Avtomobil, sayohat yoki uy-joy sotib oliş kabi yirik xarajatlarga qiziqiş esa nisbatan past. Markaziy bank buni kam daromadli aholida zarur va kundalik ehtiyojlar ustuvorligi bilan izohlaydi. 

Daromadi 5–15 mln söm bölganlarda ham uy-joy taʼmiri, taʼlim va boşqa ehtiyojlar asosiy örinda. Şu bilan birga, daromad oşib borgani sari avtomobil, sayohat va uy-joy xaridiga mablağ ajratişni rejalaştirayotganlar uluşi ham köpaymoqda.