Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Luis Suares O‘zbekiston bilan o‘yinga besh kun qolganda jarohat oldi

Foto: REUTERS
«Barselona» hujumchisi Luis Suares La Liga doirasidagi «Betis»ga qarshi bahsda jarohat oldi va shu boisdan 90-daqiqada Filippe Koutinoga almashtirildi.
32 yoshli futbolchi raqibga qarshi pressing qo‘llash vaqtida o‘ng oyog‘ini qayirib oldi, maydonni tark etayotib esa oyog‘ini yerga bosa olmadi. Hozircha uning shikastlanishi tafsilotlari, xususan qancha vaqt maydonga tusha olmasligi mumkinligi ma'lum emas.
Suares Urugvay terma jamoasi bosh murabbiyi Oskar Tabarez tomonidan mart oyidagi FIFA kunlarida Xitoyda tashkil etiladigan xalqaro musobaqada ishtirok etuvchi futbolchilar ro‘yxatiga kiritilgan. Urugvay «China Cup» yarim finalida O‘zbekistonga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 22 mart kuni Nanning shahrida bo‘lib o‘tadi.
Yarim finalning ikkinchi juftligida mezbon Xitoy va Tailand termalari to‘qnash kelishadi. 25 mart kuni uchinchi o‘rin uchun bahs va final o‘yini bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Qayd etish kerak, Xitoydagi turnirda janubiy amerikaliklar tarkibida hujumchi Edinson Kavani ham qatnasha olmasligi mumkin. «PSJ» a'zosi 9 fevraldagi «Bordo» bilan bahsda sonidan jarohat olib, bir oy maydonga tusha olmagan edi. U 6 mart kuni YeChL 1/8 finalida «Manchester Yunayted»ga qarshi javob o‘yinining 90+9-daqiqasida zaxiradan o‘yinga qo‘shildi, ammo kecha «Marsel» bilan o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Urugvay O‘zbekistonga qarshi o‘yinni yangi dizayndagi libosda o‘tkazishi xabar qilingan edi.
Ma'lumot uchun, Suares «Betis»ga qarshi kechagi bahsda (4:1) darvozani ishg‘ol etib, Ispaniya chempionatida eng ko‘p gol urgan urugvaylik futbolchilar ro‘yxatida peshqadam bo‘lib kelgan Diyego Forlanga yetib oldi. Har ikki hujumchi hisobida 128ta gol bor.
Tavsiya etamiz
„Uchastkavoy“ prezident bilan uchrashuvda kapitanga aylandi
O‘zbekiston | 15:27 / 11.07.2025
Tramp: NATO Ukraina uchun AQShdan qurol sotib oladi
Jahon | 11:21 / 11.07.2025
Eldor Shomurodov Turkiya klubiga o‘tdi
Sport | 11:12 / 11.07.2025
Taekvondochi Ulug‘bek Rashidov ikki yilga diskvalifikatsiya qilindi
Sport | 11:00 / 11.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Har yakshanba kunlari Toshkentdan Maldivga to‘g‘ridan to‘g‘ri reyslar
O‘zbekiston | 09:00 / 11.07.2025
-
Putin Zelenskiy bilan faqat Ukraina taslim bo‘lgan taqdirdagina uchrashishga rozi bo‘ladi – Kislitsa
Jahon | 23:38 / 12.07.2025
-
Italiya mafiyasining Lotin Amerikasidagi yetakchisi qo‘lga olindi
Jahon | 23:21 / 12.07.2025
-
Fransiya tarkibida Yangi Kaledoniya davlati tashkil qilinadi
Jahon | 22:41 / 12.07.2025
Mavzuga oid

14:33 / 30.07.2023
Suares 2024 yildan Messi bilan yana bir jamoada o‘ynaydi

23:08 / 31.12.2022
Luis Suares – «Gremio» futbolchisi

02:16 / 29.11.2022
JCh-2022. Portugaliya Urugvayni mag‘lubiyatga uchratib, 1/8 finalga yo‘l olgan 3-jamoaga aylandi

21:42 / 03.11.2021