Bugun bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan xalqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish bo‘yicha o‘z vazifasini o‘tayotgan tibbiyot xodimlariga nisbatan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi, ularga tan jarohatlari yetkazilishi eng og‘riqli masalalardan biriga aylanib bormoqda, deya xabar qiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.
— Kun.uz saytida e'lon qilingan “Qo‘shrabotda “tez yordam” shifokori va haydovchisini mast “bemor” va uning yaqini kaltakladi” maqolasi bu illatning jamiyatimizda qanchalik ildiz otib borayotganini yana bir bor ko‘rsatdi. Bunday noxush holatlarni bartaraf etish uchun barcha kuch-imkoniyatlarimizdan foydalanishimiz va tibbiyot xodimiga nisbatan bu kabi munosabatni butunlay o‘zgartirishimiz zarur, — deydi O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov. — Shu sababdan O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori Otabek Murodov nomiga xat yuborilib, unda joriy yilning 7 mart kuni sodir etilgan ushbu noxush holat bo‘yicha tegishli idoralar tomonidan ayni paytga qadar qonuniy to‘xtamga kelinmaganligi ko‘rsatilib, vaziyat nazoratga olinishida amaliy yordam so‘raldi.
Sog‘liqni saqlash vazirligidagi ma'lumotlarga ko‘ra, 2017-2018 yillar davomida 300 ga yaqin holatda bemorlar va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan tibbiyot xodimlariga noqonuniy tajovuz qilinishi bilan bog‘liq qonunbuzarliklar sodir etilgan.
Birgina misol, o‘tgan yili Oltiariq tumanida fuqaro M.M. tez tibbiy yordam ko‘rsatish uchun o‘z vaqtida (10 daqiqada) yetib kelgan shifokor Sh.S.ga o‘rtacha og‘ir darajadagi tan jarohati yetkazgan. Vaholanki, ayni holatda shifokor yetib borgan paytda bemor allaqachon vafot etgan bo‘lgan. Lekin mazkur holatda shifokorning sog‘lig‘iga tiklab bo‘lmas zarar yetkazgan qonunbuzar amalda hech qanday jazo o‘tamasdan qolib ketdi, ya'ni sud tomonidan u shartli hukm qilindi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi jamiyatda fuqarolarning shifokorlarga tajovuz qilish kabi holatlarning ko‘payib ketayotganini hisobga olib, ushbu illatni oldini olishning eng samarali yo‘llaridan biri sifatida tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat'iy javobgarlikni kuchaytirish lozim, deb hisoblaydi.
Shu sababdan, joriy yilning 29 yanvarida Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘z xizmat vazifasini bajarib turgan tibbiyot xodimiga bemor va ularning yaqin qarindoshlari tomonidan g‘ayriqonuniy ravishda tajovuz qilinishi yoki ularga tan jarohati yetkazilishi kabi qilmishlarni Jinoyat kodeksining bezorilik uchun javobgarlikni ko‘zda tutuvchi 277-moddasi bilan kvalifikatsiya qilish hamda ushbu harakatlarni og‘irlashtiruvchi holat sifatida baholashni nazarda tutuvchi qonun loyihasi tayyorlanib, jamoatchilik

















