2020 yilda davlat arbobi Usmon Yusupov tavalludining 120 yilligi munosabati bilan uning faoliyatini aks ettiruvçi kitob naşr etiladi. Bu haqda Özbekiston Fanlar Akademiyasi rahbariyati 18 mart kuni bölib ötgan «Özbekiston tarixi: yutuqlar, muammolar va istiqbolli rejalar»​ mavzusidagi matbuot anjumanida ma'lum qildi.

Fanlar Akademiyasi tarix instituti direktori Ravşan Abdullayevning ma'lum qilişiça, Usmon Yusupovning biografiyasi va siyosiy faoliyati haqida batafsil ma'lumot beruvçi kitob arbobning 120 yillik yubileyi arafasida çop etilişi kutilmoqda.

«Yaqinda Usmon Yusupovning Kanadada istiqomat qilayotgan qizi —​ Innesa Usmonovadan xat oldik. Unga köra, Yusupovning hayot yöli haqida kitob naşr qiliş söralgandi. Biz buni inobatga oldik. Ilgari ham bu borada qator işlar qilinayotgandi, endi ular yanada jadallaştirildi», —​ deydi u.

Tadbirda ma'lum qilinişiça, Akademiyaning maxsus granti doirasida ötgan asrning 20-,40-yillarida faoliyat yuritgan siyosiy rahbarlar haqida kitoblar çop etiş ustida işlar olib borilmoqda.

Ma'lumot uçun, Usmon Yusupoviç Yusupov (1901 –1966) sovet davlat arbobi va kommunistik partiya vakili. 1937 –1950 yillarda Özbekiston kommunistik partiyasi Markaziy qömitasining birinçi sekretari lavozimida işlagan.