Özbekistonga 1937-yildan 1950-yilgaça rahbarlik qilgan Usmon Yusupov tom maʼnoda «paxta odami» edi. U bolaligidan dalada mehnat qilgan, söng ösmir yoşidan boşlab paxta tozalaş zavodida işlagan, keyingi hayoti ham «oq oltin» bilan boğliq bölgan.

Hatto 1950-yillarda aynan Usmon Yusupov uçun SSSRda Paxtaçilik vazirligi taşkil etiladi. Biroq Stalin vafotidan söng vaziyat keskin özgaradi. Avvaliga vazirlik tugatiladi. Söng Usmon Yusupov Toşkentdagi katta lavozimidan böşatilib, Bovutdagi sovxozga «badarğa» qilinadi.

Usmon Yusupovning hayoti silliq keçmagan. Yutuqlar bilan birga tahlikali kunlar ham bölgan. U Özbekistonni boşqargan yillarda Stalin qatağonlari avjiga çiqqan va Usmon Yusupov hibsga olingan şaxslarning taqdirini sudsiz hal qilgan «Troyka» aʼzosi bölgan.

mytashkent.uz

Paxtakordan çiqqan rahbar

Usmon Yusupov 1900-yilda Farğona viloyati Toşloq tumanida batrak oilasida dunyoga keladi. 1916-yilda uning oilasi Toşkent viloyati Yangiyöl şahriga köçib keladi. 16 yoşli Usmon ota-onasiga yordam beriş maqsadida şu yerdagi paxta zavodida işlay boşlaydi. 1923-yilda u Anastasiya Bolşakovaga uylanadi.

Tarixdan maʼlum, öşa suronli yillarda rus yoki ukrain qiziga uylanganlar amal pillapoyasidan tez kötarilardi. Usmon Yusupovda ham şunday böladi va tez orada u masʼul lavozimga tayinlanadi. 1926-yilda Usmon Yusupovga Toşkent quruvçilari uyuşmasi raisligini topşirişadi. Söng Kasaba uyuşmalari Toşkent okrugi kengaşi raisi böladi. 1928-yilda Kompartiyaning Toşkent şahri qömitasi kotibiga aylanadi.

Avvalroq Anastasiya bilan ajraşgan Usmon Yusupov 1929-yilda ukrain qizi, komsomol faoli Yuliya Stepanenkoga uylanadi. Öşa yili u Özbekiston kompartiyasi markaziy qömitasi kotibi sifatida iş boşlaydi. 1936-yilda Usmon Yusupov Özbekiston SSR Oziq-ovqat sanoati vaziri böladi.

Usmon Yusupov «Troyka» tarkibida

1937-yil yozda Stalin tuzumi tomonidan «Katta terror» deb nomlangan qatağonlar tölqini boşlandi va u Özbekistonga ham yetib keladi. Turli sohalarda işlovçi ön minglab odamlar, şu jumladan Özbekiston rahbari Akmal Ikromov va hukumat raisi Fayzulla Xöjayev ham qamoqqa olinadi.