Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti Ğofur Rahimov iste'foga ketmoqçiligini ma'lum qildi. Bu haqda AIBA saytida xabar qilingan.

“Men AIBA ijroiya qömitasi a'zolarini nizomga va prezidentga öz vakolatlarini amalga oşirişdan boş tortişga imkon beruvçi AIBA qonunosti hujjatlariga muvofiq holda AIBA prezidenti lavozimidan ketmoqçiligimdan xabardor qildim. Men bu masalani muhokama qiliş va prezident vazifasini bajaruvçini saylaş jarayonini boşlaş uçun ijroiya qömitasi a'zolarini dam oliş kunlari teleanjumanga çaqirtirdim”, deb aytgan Rahimov. 

Rahimov Xalqaro Olimpiya qömitasining öz nomzodini qöymaslik iltimosiga qaramay, 2018 yil noyabrda AIBA rahbari etib saylangandi. 

AQŞ moliya vazirligining xorijiy aktivlarni nazorat qiliş departamenti Rahimovni Özbekistonning boş jinoyatçilaridan biri sifatida sanksiyalar röyxatiga kiritgan. Şuningdek, AQŞ moliya vazirligi Rahimovning dollarlarda har qanday moliyaviy operatsiyani amalga oşirişiga taqiqlov kiritgan.