Bugun Xitoyda «China Sup-2019» musobaqasi öz yakuniga yetadi. 3-örin uçun bahsda Özbekiston milliy jamoasi Xitoyga qarşi maydonga tuşadi.
Uçraşuv «Guangxi Spors Center» stadionida Toşkent vaqti bilan soat 12:30da boşlanadi. Soat 16:35dan esa Urugvay va Tailand milliy jamoalari final öyinida maydonga çiqişadi.

ÖFA matbuot xizmatining ma'lum qilişiça, keça Ektor Kuper boşçiligidagi jamoaning öyinoldi maşğulotlariga mahalliy futbol maktabi tarbiyalanuvçilari kelişgan

«ÖFA nomidan ularga turli esdalik sovğalari taqdim qilindi. Şuningdek, bolajonlar futbolçilarimizdan dastxat olib, ular bilan birgalikda suratga tuşişdi.


Maşğulotlar ança quvnoq kayfiyatda ötganini ta'kidlaş zarur. Terma jamoa futbolçilari turli qiziqarli maşqlarni bajariş orqali jamoaviy ruhni kuçaytirişga, tezkorlik va çaqqonlikni oşirişga intilişdi», – deyiladi xabarda.








