Bugun, 25 mart kuni Xitoyning Nanning şahrida bölib ötayotgan «China Cup—2019» xalqaro turnirining uçinçi örni uçun öyin ötkazildi.

Bu öyinda Ektor Kuper boşçiligidagi Özbekiston milliy terma jamoasi turnir mezboni, italiyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qöli ostidagi Xitoy terma jamoasiga qarşi maydonga çiqdi.

Öyinning 35-daqiqasida Eldor Şomurodov raqib jarima maydoniga yorib kirib, kuçli zarba bilan darvozani işğol etdi. Bu gol öyinda yagonaligini saqlab qoldi va Özbekistonning ğalabasini ta'minladi.

Öyin davomida Özbekiston terma jamoasi jiddiy yöqotişga uçradi, birinçi bölim oxirida Otabek Şukurov jarohat olib maydonni tark etdi.

Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi «China Cup—2019» musobaqasini 3-örin bilan yakunladi.

Özbekiston birinçi öyinda Urugvayga mağlub bölgandi (0:3), Xitoy esa Tailand tösiğidan ötolmagandi (0:1).

Bugun soat 16:35da turnir ğolibligi uçun Urugvay va Tailand final öyinida maydonga çiqişadi.

Image

Qayd etiş kerakki, Kuper şogirdlari öyinda yaqqol ustunlikka ega bölişdi. Zarbalar beriş, töpni egallab turiş, uzatmalar aniqligi böyiça Özbekiston mezbonlarni ortda qoldirdi. Özbekiston Xitoy darvozasi tomon 14ta zarba yölladi va ularning 4tasi aniq çiqdi.

«China cup-2019»
ÖZBeKISTON - XITOY 1:0
Gol: Eldor Şomurodov (35).
Xitoy: Yan Jun Lin, Zan Li Pen, Fu Xuan, Gao Zunyi (Van Gang, 58), Li Ang, Vu Şi (Peng Şinli, 67), Tan Long, Xi Çao (Xao Jun Min, 58), Zang Xiuvey, Dong Xuyeşeng, Vei Şixao.
Özbekiston: Sanjar Quvvatov, Akmal Şorahmedov, Anzur Ismoilov, Islom Töxtaxöjayev, Oleg Zoteyev, Odil Hamrobekov, Otabek Şukurov (Odil Ahmedov, 40), Javohir Siddiqov (Doston Hamdamov, 70), Ikrom Aliboyev, Jaloliddin Maşaripov, Eldor Şomurodov (Temurxöja Abduxoliqov, 72).