30 mart kuni Aloqa tarixi muzeyida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantiriş vazirligi «Respublikamiz hududlarida mobil aloqa tarmoqlarini kengaytiriş va mobil qurilmalarni hisobga oliş va röyxatdan ötkaziş tizimini joriy etiş böyiça olib borilayotgan işlar töğrisida» matbuot anjumani ötkazdi.

Foto: mitc.uz

Matbuot anjumani doirasida respublika uçun yangi bölgan xalqaro öziga xos identifikatsiya kodlari böyiça mobil qurilmalarni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 22 oktyabrdagi 847-sonli «Özbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni hisobga oliş tizimini tartibga soliş çora tadbirlari töğrisida»gi qaroriga muvofiq, röyxatdan ötkaziş tizimini joriy etiş taqdimoti ötkazildi.

Foto: mitc.uz

Matbuot anjumanida qayd etilganidek, mobil qurilmalarni hisobga oliş tizimining joriy etilişi mamlakatda 2019 yilning 1 aprelidan boşlanadi.

Özbekiston Respublikasida mobil qurilmalarni röyxatga oliş tizimining operatori sifatida «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini boşqariş respublika markazi» Davlat unitar korxonasi belgilangan bölib, mazkur korxona negizida mobil qurilmalarni hisobga oliş va röyxatdan ötkaziş tizimi örnatildi. Mazkur tizim Özbekiston Respublikasining barça GSM-operatorlari tarmoqlariga ulangan bölib, ular örtasida «onlayn» rejimida özaro ma'lumot almaşiş imkonini beradi. Şuningdek, mazkur tizim import qilinadigan mobil qurilmalarning registratori vazifasini bajaradi.

1 apreldan boşlab Özbekiston GSM-operatorlari tarmoqlarida foydalaniladigan barça mobil qurilmalarning avtomatik tarzda röyxatga oliş amalga oşiriladi.

Qurilmani avtomatik röyxatdan ötkazganlik uçun haq olinmaydi.

Mahalliy GSM-operatorlar tarmoğida özining mobil qurilmasidan foydalanayotgan abonentlardan ularga tegişli qurilmani röyxatdan ötkaziş uçun heç qanday harakatlar talab etilmaydi – röyxatga oliş harakatlari tizim operatori va aloqa operatorlari tomonidan amalga oşiriladi.

Hisobga oliş va qurilmani röyxatdan ötkaziş tizimi quyidagilardan foydalanişni çeklaşga imkon beradi: