Köpçilik telefonlarga, jumladan smartfonlarga ham, unikal IMEI beriladi. Bu raqam odatda 15 ta raqamdan iborat böladi. Ayrim davlatlar mobil qurilmalarning IMEI’sini röyxatdan ötkazişni talab qiladi. Bu öğirlik, firibgarlik va qalbaki telefonlar savdosiga qarşi kuraşişga yordam beradi, deb hisoblanadi. Yana bir sabab — qurilmalarni boşqa davlatlardan soliq va bojlarni aylanib ötib sotib olişni nazorat qiliş.

Davlatlar IMEI röyxatdan ötkazişning turli tizimlaridan foydalanadi. “Oq röyxat” (white list) tizimi bölgan mamlakatlarda har bir foydalanuvçi telefon identifikatorini röyxatdan ötkazişi şart, aks holda qurilma bloklanadi. Bunday davlatlarga Çili, Kolumbiya, Turkiya, Ozarboyjon, Nepal va Misr kiradi. Ayrim mamlakatlar turistlar uçun istisnolar kabi bir qator yengilliklarni joriy qilgan.

Foto: Reddit

Boşqa davlatlar esa yumşoqroq nazorat şakllarini qöllaydi. Ular qatoriga, jumladan, Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Kambodja, Tailand, Nigeriya va Eron kiradi. Masalan, Pokiston va Nigeriyada IMEI SIM-kartani faollaştiriş paytida qayd etiladi. Hindistonda ham reyestr mavjud, ammo u yerda qurilmalar tanlab bloklanadi — jumladan, öğirlik holatida.

Xaritada Özbekiston körsatilmagan. Özbekistonda mahalliy SIM-kartalardan foydalanuvçi barça abonentlar IMEI’ni röyxatdan ötkazişi şart. Agar egasi telefonni belgilangan muddatda röyxatdan ötkazmasa, operator tarmoqqa kirişni çeklaşi mumkin. Şuningdek, 2025 yildan Qozoğistonda ham röyxatdan ötkaziş majburiy böldi.

Özbekistonda mahalliy GSM operatorlari SIM-kartasidan foydalaniş uçun telefon (yoki boşqa mobil qurilma)ning IMEI-kodi UZIMEI tizimida röyxatdan ötgan bölişi şart. Rasmiy qoidaga köra, qurilma birinçi marta mahalliy tarmoqda işlagan (SIM ulangan) paytdan boşlab 30 kalendar kun içida IMEI’ni röyxatdan ötkaziş kerak; aks holda, IMEI röyxatdan ötkazilmagunça aloqa xizmatlariga kiriş çeklanadi (bloklanadi). 

2025 yil 1 avgustdan amaldagi tariflar bazaviy hisoblaş miqdoriga boğlangan: jismoniy şaxslar uçun 30 kun içida röyxatdan ötkaziş — BHMning 20 foizi (82 400 söm), 30 kundan keyin — 25 foiz (103 000 söm). Tölov va rasmiy tariflar UZIMEI saytida e’lon qilingan. 

IMEI’ni röyxatdan ötkaziş odatda UZIMEI portali orqali onlayn (tölovni elektron tölov tizimlari yoki bank orqali qilib) yoki poçta bölimlarida pasport va qurilma bilan amalga oşiriladi. Şuningdek, 2025 yildan telefon çet eldan olib kirilgan bölsa, amaliyotda uni bojxonada deklaratsiya qiliş masalasi ham dolzarb: bojxona bazasida qurilma qayd etilmagan holatlarda qöşimça tölov (30 foiz boj) masalasi kötarilişi mumkin.