IMEI tizimi mobil qurilmalarni aniq identifikatsiya qiliş, aloqa xizmatlari barqarorligini ta’minlaş, yöqolgan yoki öğirlangan telefonlar bilan boğliq jinoyatlarni kamaytiriş, kontrafakt mahsulotlar savdosiga çek qöyiş hamda axborot xavfsizligini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Amaldagi tartibga köra, Özbekiston hududiga sotiş yoki şaxsiy foydalaniş uçun olib kiriladigan, şuningdek, mamlakatda işlab çiqariladigan mobil qurilmalar majburiy ravişda röyxatdan ötkazilişi lozim. Import qilinayotgan mobil qurilmalarni röyxatdan ötkaziş uçun javobgarlik esa tadbirkorlik sub’yektlari zimmasiga yuklangan.
Bu esa xaridor uçun muhim jihatni anglatadi: Özbekiston hududida sotib olinayotgan mobil qurilmaning IMEI kodi röyxatdan ötgan bölişi şart. Aks holda, kelgusida uşbu qurilmadan foydalanişda muammolar yuzaga kelişi mumkin.
Mutaxassislar telefon xarid qilayotganda uning IMEI kodlarini albatta tekşirişni tavsiya etadi. Buning uçun mobil qurilmada *#06# kombinatsiyasini teriş kifoya — ekranda qurilmaning IMEI kodlari paydo böladi. Uşbu kodlar telefon qutisida körsatilgan IMEI raqamlari bilan bir xil bölişi kerak.
Şundan söng kodlarning röyxatdan ötgan-ötmaganini Uzimei tizimi orqali tekşiriş mumkin. Buning uçun uzimei.uz yoki my.gov.uz saytlari, Birda mobil ilovasi yoxud 1170 qisqa raqamiga SMS yuboriş xizmatidan foydalaniladi.
Agar qurilmaning IMEI kodi röyxatdan ötmagan bölsa yoki boşqa qurilma sifatida ya’ni “klon” holatida qayd etilgan bölsa, tizim bu haqda ogohlantiradi. Kelgusida bunday qurilmalar bloklanişi mumkin.
Rasmiy ma’lumotlarga köra, 2026 yilning birinçi çoragida 37 500 dona mobil qurilma respublika hududiga noqonuniy olib kirilgani aniqlangan. Ayrim holatlarda telefonlar boşqa turdagi qurilma — masalan, soat yoki videoregistrator sifatida röyxatdan ötkazilayotgani ham kuzatilmoqda.
Şu sababli iste’molçilarga mobil telefon xarid qilişda faqat narx yoki taşqi körinişga emas, balki IMEI kodining qonuniy röyxatdan ötganiga ham e’tibor qaratiş tavsiya etiladi. Bu kelgusida qurilmaning bloklanişi, aloqa xizmatlaridan foydalana olmaslik yoki boşqa noqulayliklarning oldini oladi.












