Prezident Şavkat Mirziyoyev xayrli taşabbusni ilgari surib, boş vazirdan boşlab har bir rahbarni özi ta'lim olgan maktab kutubxonasiga kitoblar sovğa qilişga da'vat etgan edi. Barça rahbarlar mazkur taşabbusini qöllab-quvvatlab, uni umumxalq harakatiga aylantirişda faollik körsatişmoqda.

Bu ezgu taşabbusdan közlangan maqsad — ösib kelayotgan yoş avlodning kitobga bölgan qiziqişini, mehrini va intilişini oşiriş, kitobxonlikni ommaviylaştirişdan iborat, albatta. Zero, kitob insonni tarbiyalaydi, ulğaytiradi, yuksak odob-axloqni, insoniy fazilatlarni şakllantiradi. Kitob öqib voyaga yetgan farzand avvalo çuqur bilimga, keng dunyoqaraşga, mustaqil fikrga, mustahkam hayotiy pozitsiyaga ega böladi.

Şunday ezgu tuşabbus doirasida Samarqand viloyati hokimi Erkinjon Turdimov va Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev özlari öqigan maktablarga kitoblar tarqatişdi.

Erkinjon Turdimov şu kuni Qöşrabot tumani aholisi uçun sayyor qabul taşkil etib, aholi murojaatlarini tinglagaç, özi öqigan Qöşrabot tumanidagi 64-, 41- va 19-umumiy örta ta'lim maktablarining har biriga 200ga yaqin badiiy kitoblar sovğa qildi.

Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev ham Samarqand şahridagi özi öqigan 29-maktab öquvçilariga 200 dona kitob sovğa qildi.

— Bugun prezidentimiz tomonidan boşlab berilgan xayrli işga barça rahbarlar öz hissalarini qöşmoqda. Maktabimizdan yurtimiz ravnaqi yölida xizmat qilayotgan 180dan ziyod ziyoli, ma'rifatparvar insonlar yetişib çiqişgan, — deydi 29-maktab direktori Xoliqov Faxriddin. — Ular içida Jizzax viloyati hokimi Ergaş Saliyev ham bor. Töğrisi, kutilmagan sovğadan men va butun maktab jamoamiz xursand böldik. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan odilona islohotlarni amalga oşirişda bel boğlagan Ergaş Saliyevdek insonlar bizning maktabda tahsil olgani barçamizni quvontirdi.

Öz muxbirimiz.