Birlaşgan Arab Amirliklari Badiiy san'at muzeyi xodimlari Leonardo da Vinçi möyqalamiga mansub  «Dunyo xaloskori»  kartinasini topa olişmayapti. Bu haqda xabar tarqatgan NYT maqolasiga ta'kidlanişiça, kartina Luvrning Abu-Dabi filialidan izsiz yöqolgan.

Mazkur kartina rejaga muvofiq 2018 yili körsatilmagan va bunga rasmiy izoh ham berilmagandi. Abu-Dabi Turizm va madaniyat boşqarmasi vakillari endilikda kartinaning yöqolib qolganiga ham munosabat bildirişga şoşilmayapti.

Gazeta maqolasida Luvrdagilar asarning haqiqiy joyini aniqlay olmagani bildirişgan.

«Dunyo xaloskori» asari 2017 yili  Nyu-Yorkda ötkazilgan Çristie's  auksionida 450 million dollarga sotilgandi. Kartinani auksionga qöygan sohib rossiyalik Dmitriy Rybolovlev  bölgani taxmin qilinadi. Öz vaqtida Rybolovlev  asarni şveysariyalik art-diler Iv Buvedan 127 million dollarga xarid qilgandi.

Luvrning Abu-Dabidagi filiali 2018 yil noyabrdan e'tiboran keng ommaga oçiq. U yerda 600dan ortiq badiiy san'at namunasi tomoşaga qöyilgan.