1911 yilda Parijdagi Luvr muzeyidan noma’lum şaxs Leonardo da Vinçi çizgan «Mona Liza» suratini öğirlab ketadi. Bu işda köplab odamlar, şu jumladan taniqli rassomlar ham gumon qilinadi. Keyinroq uni havaskor rassom öğirlagani ma’lum böladi. Asar topilib, öz joyiga qaytariladi.

Parij markazidagi Luvr muzeyida öq ötkazmaydigan oyna ortida ayol kişining kiçik portreti saqlanadi. Uni öğirlaşning bugungi kunda umuman iloji yöq, ammo ötmişda, sokin kunlarning birida noma’lum şaxs buning uddasidan çiqqandi.

Keling, bir asr ilgarigi vaqtga sayohat qilamiz. 1911 yil, 21 avgust. Haftaning ilk kuni: duşanba. Luvr yopiq va muzey haftaning birinçi kunida taşrif buyuruvçilarni qabul qilmaydi. Bir paytlar fransuz qirollarining uyi bölgan ulkan binoda deyarli heç kim yöq.

Soat çamasi ertalabki 07:30. Oq xalat kiygan odam kiçik xonadagi rassomçilik tuvallari saqlanadigan şkafdan çiqib keladi. U yakşanba kuni muzeyga oddiy mehmon sifatida kirib yaşirinib olgan edi.

Erkak katta kvadrat zalga kiradi. Devorlarda esa faqat Titian, Rafael, Veronese kabi durdona asarlar ilingan.

U ayol kişining kiçik portreti oldiga yaqinlaşib, himoya oynasini olib taşlaydi. Portretni ramkadan çiqarib, oq mato bilan örab olganidan söng binoning çiqiş eşiklaridan biriga yöl oladi.

Zamonamizning eng maşhur san’at asari öğirlanişi juda oddiy tarzda sodir böladi, ammo uning oqibatlarini heç kim oldindan taxmin qila olmagandi.

Uşbu hikoya nafaqat yillar davomida öğrini qidiriş va kartinaning haqiqiyligini tekşiriş, balki bu öğirlik  Leonardo da Vinçi çizgan Mona Liza suratini dunyo san’ati tarixidagi eng uluğ asariga aylantirgani haqida.

Taxmin qilib köra olasizmi Mona Liza asarini körgani bir kunda sizningça taxminan qança odam keladi? Tasavvurga siğdira olmaysiz. Ammo..

Bugungi kunda deyarli har kuni 30 mingga yaqin kişi Mona Liza asarini körgani keladi. Aniqroq aytganda körişga emas, balki uni suratga oliş yoki Mona Liza bilan selfi qiliş uçun keladi.

Lekin bu muhim emas. Muhimi u yer yuzidagi eng maşhur kartina. Mona Liza suratining nusxasini hamma joyda, hamma buyumda, jumladan futbolkalarda, sumkalarda, telefon uçun qoplamalarda va hatto hojatxona qoğozida ham uçratiş mumkin.