Özbekistonda 2018 yilda mokkilik savdosi hajmi 1,08 mlrd AQŞ dollarini taşkil etdi. Bu haqda Markaziy bank hisobotida aytilgan.

2017 yilda, idora ma'lumotlariga köra, mokkilik savdosi hajmi 771,6 million dollarni taşkil qilgan.

Şu bilan birga, 2018 yilda mokkilik savdosi orqali 842,9 mln dollarlik tovarlar import qilindi, 213,2 mln dollarlik mahsulotlar eksportga çiqarildi.

Eslatib ötamiz, Özbekistonning taşqi savdo aylanmasi 2018 yilda 27,07 mlrd dollarga teng böldi. Özbekiston eksporti hajmi 11,38 mlrd dollarga, import esa - 18,25 mlrd dollarga yetdi.

Bundan oldin, Özbekistonning taşqi qarzi 17,3 mlrd dollarga yetgani xabar qilingandi.