“Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida xorijiy tillarni örgatuvçi maxsus telekanalni taşkil etiş haqida petitsiya paydo böldi.
Bildirilişiça, hozirgi kunga kelib davlatimizda xorijiy tillarni öqitiş davlat siyosati darajasiga kötarildi.
“Mening taklifim, xorijiy tillarni örgatişga ixtisoslaştirilgan maxsus telekanalni işga tuşiriş kerak. Çunki, xorijiy tillar, birinçi navbatda ingliz tilini örganişga bölgan qiziqiş juda yuqori. Kanal oçiladigan taqdirda, maşhur xorijlik professor-öqituvçilarning ma'ruzalari, ingliz tili va boşqa fanlardan videodarslar, kinofilmlar (subtitles), musiqalar (lyric), har xil turdagi köngiloçar körsatuvlar, özbek va jahon adabiyoti klassikalarining inglizça talqini, xalqaro ta'lim dasturlari, innovatsiyalar va ilm-fan yutuqlari haqida ma'lumotlar telekanal dasturlaridan örin oladi”, - deb yozadi murojaat muallifi.
Qayd etilişiça, mazkur telekanalni onlayn kanal şaklida oçiş ham mumkin, keyinçalik raqamli televideniye tarzida efirga uzatiş maqsadga muvofiq. Telekanal körsatuvlarini sifatli, mazmunli tayyorlanişi va moliyaviy masalalarni hal etilişida poytaxtdagi xalqaro oliy ta'lim muassasalari, xorijiy tillarni örgatuvçi vakolatxonalarning ofislari, xususiy öquv markazlari bilan özaro kelişuv va davlat-xususiy şerikçilik asosida hamkorlik qiliş mumkin.
“Mazkur taklif körib çiqilib, Özbekiston milliy teleradiokompaniyasi tomonidan amalga oşirilsa, xorijiy tillarni örgatiş sohasida öziga xos qadam bölar edi”, - deyiladi petitsiyada.
Bundan oldin, Özbekistonda bolalar uçun yana bir telekanal paydo bölişi mumkin ekani xabar qilingandi.












