Keyingi paytlarda Oliy attestatsiya komissiyasi faoliyatiga oid turli fikrlar köpayib ketdi. Bular orasida mening takliflarim ham bor.
Özim ilm sohasi vakili bölganim, sohadagi islohotlarga befarq bölmaganim uçun ham öz fikr va takliflarimni berib borişga harakat qilaman.
2 aprel kuni OAK saytida berilgan yangilik meni taajjubga soldi. Unga köra, Oliy attestatsiya komissiyasi rayosatining qaroriga binoan, Özbekiston Milliy axborot agentligi – ÖzA Özbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining dissertatsiyalar asosiy ilmiy natijalarini çop etiş tavsiya etilgan ilmiy naşrlar röyxatiga kiritilgan.
Bu örinda birinçi navbatda xayolga keladigan savol: OAK ilmiy jurnallari röyxatiga qöşiliş jarayoni şunçalik osonlaşdimi yoki yana qandaydir imtiyozlar usulidan foydalanilyaptimikan?
Xabarda aytilişiça, «Bundan buyon ÖzA veb-saytida filologiya, tarix, iqtisodiyot, yuridik, falsafa, tibbiyot va texnika fanlari böyiça örnatilgan tartibda e'lon qilingan ilmiy maqolalar (kamida (0,25 b.t.) OAKda hisobga olinadi. Şuningdek, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegişli qarori bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi töğrisidagi nizomga köra, bölajak doktorlik dissertatsiyalari himoyalari töğrisidagi ma'lumotlarni Özbekiston Milliy axborot agentligi veb-saytida e'lon qiliş amaliyoti 2019 yilning 1 aprelidan boşlab joriy etildi».
Navbatdagi savollar tuğiladi: ÖzAda bunday maqolalarni taqriz qiliş uçun alohida tahririyat tuzildimi? Tuzilgan taqdirda uning tarkibidan kimlar joy olgan? Masalan, tibbiyot va texnika sohasida yönalişlar şunday köpki, bir yönalişdagi mutaxassis boşqa yönalişdagi ilmiy maqolani obektiv taqrizdan ötkazişi amrimahol. Savollar köp, javob yöq. Ayrim hamkasblarim ijtimoiy tarmoqlarda hayratini yaşirmayapti. Ayrim mulohazalar qisqaça şaklda minbar.uz’da ham berildi.
Endi nega meni bu yangilik menda ikkilamçi tuyğu uyğotganini oçiqlasam. ÖzAda OAK haqida tanqidiy çiqişlar ketma-ket e'lon qilingaç, bu çiqişlarga munosabat söraşdi (ÖzAdan), munosabatni jönatdim, lekin hafta ötsa hamki çiqişidan darak bölmadi. Şundan keyin maqolam dastlab Xabar.uz, keyin Kun.uz saytida berildi. OAK tomonidan ÖzAga körsatilgan «ehtirom» (işonç)ni körib, içimdagi turli gumonlarga erk bermay, balki bu tasodifdir deb qöyaqoldim. Lekin yangilikning keyingi qismi yana xayolimni buzdi. Bu dissertatsiya himoyalarining OAVda berilişi şart bölgan e'loniga boğliq qismi. Himoya haqidagi e'lonlar oldin 6ta naşrda e'lon qilinişi közda tutilgan bölsa, endi bular safiga ÖzA ham qöşilibdi. Bungaça bunday e'lonlar asosan «Ma'rifat» gazetasida çop etilgan, garçi röyxatda yana 5ta naşr mavjud bölsa ham. Buyam tasodif, yanayam töğriroği, dissertantlarning «sarafan radiosi» orqali bir-biriga tavsiyasi sababli bölsa kerak. OAKning ötgan yilgi 9 oylik hisobotiga köra, 758ta ilmiy daraja himoyalari bölib ötgan. Demak, şunça e'lon berilgan. Har bir e'lon uçun 80 ming sömdan tölangan bölsa («Ma'rifat»da tölov şunça) qariyb 60 million söm pul böladi. Bu yerdan endi qandaydir korrupsion sxema izlaş tirnoqdan kir qidirişga öxşab qolsa kerak. Yangilikdagi mazmunga qaraganda endi dissertantlar ÖzAga borişadi. ÖzA bu «bonuslar» evaziga OAK haqida tanqidiy çiqişlarni töxtatdi, deb öylasak töğri bölmasa kerak, balki tuhmat ham bölib çiqar. Şuning uçun, bunday deyişdan özimni tiyaman.
Şu kunlarda OAK böyiça majlis bölar ekan. Yaxşi xabarlar kutib qolamiz. Ilm sohasi odami sifatida sohadagi har qanday ijobiy özgarişni mamnuniyat bilan qarşi olaman.
Şu örinda bir fikrni yana ta'kidlab ötmoqçiman. Bizda ilmiy darajadan turli ğarazli manfaatlar uçun foydalaniş imkonini yöqotişga harakat qilişimiz kerak. Şunda turli korrupsion yöllar bilan ilmiy daraja olişga intilayotgan psevdo-olimlar soni kamaygan bölardi. Buning uçun turli lavozimlarga tavsiya qilişda ilmiy darajaning hozirgi muhim rolini pasaytiriş, ilmiy daraja tufayli oylik maoşlarni farqlantiriş tendensiyasini me'yorda uşlaş, OTM va ITIlarda ilmiy tadqiqot işlari bilan şuğullanayotgan va xalqaro bazalarga (Scopus, Web of Science) kiritilgan jurnallarda ilmiy maqola çop etganlarni rağbatlantirişni keng yölga qöyiş kerak. Quvonarlisi, bunday işlar hozirdanoq ayrim OTMlarimizda yölga qöyilgan, misol uçun Toşkent Axborot Texnologiyalari Universitetida şunday rağbat bor ekan.
Erkinjon Karimov,
Özbekiston respublikasi Fanlar akademiyasi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika instituti katta ilmiy xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi











