4 aprel kuni Özbekiston Respublikasi IIV Yonğin xavfsizligi institutida «Özbekistonda atom elektr stansiyasi qurilişi va uning xavfsizligi masalalari» mavzusida davra suhbati bölib ötdi. Unda Fanlar Akademiyasi (FA) prezidenti Behzod Yöldoşev, akademiklar, Yadro fizikasi instituti mutaxassislari, Özbekiston Milliy universitetining «Yadro fizikasi» kafedrasi hamda Yonğin xafsizligi institutining professor-öqituvçilari va kursantlari iştirok etişdi.

Kun.uz muxbirining xabar berişiça, tadbirda Fanlar Akademiyasi prezidenti Behzod Yöldoşev atom energiyasining afzalliklari va uning xavfsizligini ta'minlaş haqida söz yuritdi.

«Özbekistonda qurilişi rejalaştirilgan AESda 21 ta mustaqil xavfsizlik nazorati tizimi işlaydi. Unga zarar yetkazişni istagan heç bir inson maqsadiga erişa olmaydi. U kamida 60 yil davomida kafolatli xizmat körsatadi», - deydi FA prezidenti.

Uning taqdimotiga köra, butun dunyo böyiça elektr energiyasining 40 foizi kömirdan olinadi, ekologik nuqtai nazaridan qaralganda, bu juda yomon. AES esa «yaşil» energiya manbai hisoblanadi.

«AQŞda 95 ta reaktor işlaydi, şulardan 69 tasining ekspluatatsiya muddati yana 20 yilga uzaytirildi. Birlaşgan Arab Amirliklari neft-gazga boy bölsa-da, 4 ta blok qurmoqda, har biri - 1200 Mvt. Saudiya Arabistoni yana 4 ta blok quriş uçun tender e'lon qildi. Dunyoning seysmik jihatdan eng xavfli hududlaridan biri hisoblangan Turkiya 4 ta blok qurmoqda. Xitoy - 38 ta, Hindiston - 16 ta, Pokiston - 8 ta blok quryapti. Yevropa markazida joylaşgan Vengriya 2 ta blok qurmoqda. Bundan taşqari, Finlyandiya, Bolgariya va boşqa davlatlarda ham AES qurilmoqda. Xitoy 2050 yilgaça 50 foiz elektr energiyasini aynan atom energiyasidan olişga erişmoqçi. Nima uçun? Sabablari: AES - toza, «yaşil» va eng arzon energiya manbai», - deya ma'lumot berdi Behzod Yöldoşev. 

Tadbir doirasida kursantlar va öqituvçilar Fanlar Akademiyasi prezidentiga AESga doir savollar bilan yuzlanişdi va ularga javoblar olişdi.

«Özbekiston Markaziy Osiyoda aholisi böyiça yetakçilik qiladi, elektr energiyaga bölgan talab ham şunga muvofiqdir. Şu kunga qadar meni köproq AESlarining xavfsizlik masalalari öylantirar edi. Bugungi olgan bilimlaridan keyin, töğrisi, ança könglim xotirjam böldi. Radiatsion suvning izolyatsiyalanganligi, radioaktiv çiqindilarning aholidan ança uzoq joylarga olib borib taşlanişi yoki radioaktiv izotiplardan foydalanişda töliq xavfsizlik çoralari körilganligi, zilzila va suv toşqinlari ehtimoli yuzasidan ularning avtomatik ravişda öçirilişiga oid ma'lumotlarni olib, qanoat hosil qildim», -