O‘zbekiston Musulmonlari idorasi yong‘inda jabr ko‘rganlarga moddiy yordam yetkazib berdi
13 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari tashabbusi, Toshkent shahar vakilligi, Shayxontohur tumani imom-xatiblari ishtirokida Toshkentda yuz bergan yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon sohiblariga 200 000 000 so‘mdan ziyod moddiy yordami yetkazildi. Bu haqda O‘zbekiston Musulmonlari idorasi rasmiy xabar tarqatdi.
«Yong‘indan jabr ko‘rgan xonadon sohiblari ko‘rsatilgan saxovat va e'tibor uchun minnatdorchilik izhor etib, bu xayrli ishga hissasi qo‘shilganlar haqqiga duoi-xayrlar qilindi» , — deyiladi ma'lumotnomada.

Joriy yilning 18 mart kuni Toshkentning Shayxontohur «Oqlon» mahallasidagi Ko‘kcha Darvoza, Fuzuliy va Omon Muxtorov ko‘chalarida joylashgan oltita xonadonda kuchli yong‘in bo‘lib, uylarning hammasi barcha jihozlari bilan yonib ketgan va 65 kishi boshpanasiz qolgan edi. Jami 380 kv.metr maydonda uylarning tom qismlari va ichki jihozlari butunlay yonib ketgan.

8 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov hazratlari yong‘indan jabr ko‘rgan sakkizta xonadon ahllaridan xabar olib, hamdardlik bildirgan edi.

«Bunday qiyin damlarda mahalla ahllari ham musibat egalariga astoydil yordam ko‘rsatayotgani, xususan uylaridan boshpana berib, o‘z rizqi nasibasining yarmini qo‘shnilari bilan baham ko‘rayotgani tahsinga sazovordir. Xonadonlarni qayta qurish ishlari ham xalq hashari yo‘lida davom etmoqda» , — deya qo‘shimcha qilinadi xabarda.
Tavsiya etamiz
AQSh va Xitoy o‘rtasidagi bojxona urushi: kim yutadi?
Jahon | 12:46 / 17.04.2025
Yaponiyadan Italiyagacha – pulli yo‘llar haqidagi taassurotlar
Jahon | 21:50 / 16.04.2025
Turkiyaga aldov yo‘li bilan chaqirilgan voyaga yetmagan o‘zbekistonlik qiz vatanga qaytarildi
Jamiyat | 17:05 / 16.04.2025
Go‘sht narxi oshishi: qo‘shni mamlakatlarda vaziyat qanday?
Iqtisodiyot | 20:36 / 15.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Putinga Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishga 3 kun muhlat berdi
Jahon | 00:47
-
O‘zbekiston o‘smirlar jamoasi KXDRni yirik hisobda yengib, Osiyo Kubogi finaliga chiqdi
Sport | 00:31
-
Kolumbiyada sariq bezgak tufayli favqulodda holat rejimi e’lon qilindi
Jahon | 00:05
-
Noma’lum erkak Floridadagi universitetda otishma uyushtirdi. Qurbonlar bor
Jahon | 23:41 / 17.04.2025
Mavzuga oid

20:26 / 26.07.2024
Mehnat migrantlari oilalariga moddiy yordam ajratiladi - asosiy savollarga javoblar

09:50 / 13.06.2024
Bolalar nafaqasi va moddiy yordamni olish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi

11:10 / 15.11.2023
“Kartoshka puli”: u kimlarga va qanday asos bo‘yicha beriladi?

17:49 / 03.11.2023