Yuragi millat dardi bilan yongan, xalqi uçun butun hayotini, borliğini bağişlagan Şarof Raşidov yodgorlik uy-muzeyida könglimizdan keçganlari...
Aslida bu yerga tamomila boşqa niyat bilan kelgan edim. Uy muzeyining oçilişi-yu undagi diqqatga sazovor yodgorliklar haqida ikki enlik xabar yoziş edi maqsadim... Biroq buyuk siymo Şarof Raşidov bolaligi ötgan hovliga qadam qöyarkanman, qalbimda tuşunarsiz, ammo yoqimli his-tuyğular jöş ura boşladi. Özgaça fayzi bor edi bu uyning. Fariştali bir uy edi bu uy. Bu qadar hayajon, bu qadar entikişga nima sabab bölganini qoralamamiz söngida anglarsiz, aziz öquvçi...
Eski uyimda otamning hidi bor edi, onamning mehri bor edi
“Şarof Raşidov ota-onasi yaşagan va özining bolaligi ötgan bu uyni juda yaxşi körardi. Şu köçada Şarof akaning barça qarindoşlari, aka-ukalari istiqomat qilişardi. U kişi har safar Jizzaxga taşriflari çoğida eski uylarini ziyorat qilardilar, uy içida heç nimani özgartirişga yöl qöymasdilar, xonada otalarining çoponlari va onalarining römollari ilinib turardi. Tokçadagi idişlardan tortib barça buyumlar ham ular tirikligida qanday turgan bölsa şundayligiça saqlanişini qattiq talab qilardilar. Içkari kirişlari bilan çuqur xörsinib nafas olib birpas turar, söng nafaslarini çiqarardilar. Biz yaqinlar şu odatlariga sira tuşunmasdik. Botinib söray olmasdik ham. Bir kuni jur'at qilib u kişining ayollari Xursanoy ayadan söradik. Şunda ular “ Şarof aka şunday çuqur nafas olsam ota-onamning hidini tuyaman, ularning mehrini his qilaman deydilar” deya javob qildilar. Rosti, bundan juda ta'sirlandim. Haligaça bu haqda eslasam közimga yoş keladi. Vafotlaridan ikki yil avval viloyatimiz kattalari Şarof akadan söroqsiz ota uyni buzib siz körib turgan mana şu körinişga olib kelişdi. Bu yerda juda katta quriliş böldi. Baland va çiroyli uy qad kötardi. Şarof otaning kelişlarini bilib, yoş-u qari köçada, qarindoşdan tortib mahalla ahligaça şu atrofda. Xizmat maşinalarida yetib kelgan Şarof aka maşinadan tuşdilar-u, atrofga bir qarab “ men boşqa joyga kelib qoldim, şekilli” dedilar. Gap nimadaligini darrov tuşundilar-u yonlaridagi öşa paytdagi obkomning birinçi kotibiga yuzlanib “şu işni bekor qilibsiz, bu yerga ketgan mablağga yaxşi bir bolalar boğçasi qursangiz sizdan minnatdor bölardim” deya uyga ham kirmay ortlariga qaytib ketdilar. U kişining xafa bölganini bildik. Rafiqalari Xursanoy opaning aytişlariça, Şarof aka qariyb ikki oy juda qattiq siqilib “men endi ota-onamni yöqotdim, ularning hidini, mehrini yöqotdim. Eski uyimda ularning izi, mehri, hidlari bor edi” degan ekanlar. Şu-şu umrlari söngigaça bu uyga qaytib kelmadilar”, deya xotirlaydi Şarof Raşidovning jiyani Odil Hamroqulov.















