19-21 aprel kunlari Toşkent şahrida badiiy gimnastika böyiça Jahon kubogi bosqiçi bölib ötmoqda. 19 aprelda gimnastika böyiça ixtisoslaştirilgan olimpiya zaxiralari bolalar-ösmirlar sport maktabida uşbu nufuzli turnirning tantanali oçiliş marosimi bölib ötdi, deya xabar beradi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati.

Marosimda badiiy gimnastikaçilarimiz tomonidan tayyorlangan turli körgazmali çiqişlardan iborat dastur namoyiş etildi. Yoş gimnastikaçilarning mahorat bilan, kuy-qöşiqlar sadolari ostida namoyiş etgan körgazmali çiqişlari tadbirga kötarinki ruh bağişladi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Musobaqaning tantali oçiliş marosimida Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qömitasi, mamlakat gimnastika federatsiyasi mutasaddi rahbarlari, xorijlik mehmonlar, sport jamoatçiligi hamda OAV xodimlari iştirok etişdi.

Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati
Foto: Jismoniy tarbiya va sport vazirligi matbuot xizmati

Oçiliş marosimida sözga çiqqan jismoniy tarbiya va sport vazirining birinçi örinbosari Oybek Qosimov turnir iştirokçilari qutlar ekan, şunday dedi:

«Yurtimiz yana bir marta dunyoning eng kuçli sportçilari yiğiladigan uşbu turnirga mezbonlik qilib turganidan juda mamnunmiz. Işonçim komilki, Toşkentda ötkazilayotgan badiiy gimnastika böyiça jahon kubogi eng yuqori saviyada ötadi va uning barça iştirokçilari özlarining yuksak mahoratlarini namoyiş etişadi»– dedi u.

Ta'kidlaş joizki, musobaqaga dunyoning 23 davlatidan 80 nafarga yaqin kuçli gimnastikaçi qizlar töplangan. Iştirokçilarning 39 nafari özlarining yakkalik dasturini namoyiş etişadi. 6 jamoa guruh bahslarida iştirok etadi.