Aziza Umarova: «Oliy ta'limni egallash darajasi Afrikadagidek bo‘lib qoldi»

Foto: Xalqaro press-klub
Ekspert Aziza Umarova telegramdagi kanalida O‘zbekiston oliy ta'lim tizimi haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Uning aytishicha, 27 yil mobaynida oliy ta'lim olishga bo‘lgan ongli tarzda qilingan cheklov uzoq maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilgan.
“Kadrlarga muhtojlik - “kadrlarga tashnalik”ni kuzata turib, shuni anglamoqdamanki, oxirgi 27 yil mobaynida oliy ta'lim olishga bo‘lgan ongli tarzda amalga oshirilgan cheklov uzoq maqsadlarni ko‘zlab amalga oshirilgan. Natijada ommaning tabaqalashuvi hamda qatlamlashishi yuzaga keldi. Oliy ta'limni egallash darajasi esa Afrikadagidek bo‘lib qoldi. Bu esa qo‘shni mamlakatlarga nisbatan uch barobar pastdir”, - deb yozadi u.
Ta'kidlanishicha, ajratilgan kvota-o‘rinlardan bosqichma-bosqich voz kechilmoqda, biroq xususiy OO‘Yudan voz kechish oliy ta'limning keskin pasayishiga olib kelgan. Yuz-ikki yuz talabani qabul qilayotgan xorijiy Oliy o‘quv yurtlari ta'limning filiallari bu masalasini hal qila olmayapti. Har yili 650 000 nafar maktab bitiruvchilari mehnat bozoriga chiqmoqda. Moskva-koreys-turk-yana qandaydir OO‘Yularining bo‘limlarini har yili yuztadan ochish shart, deb yozadi ekspert.
“Masalani hal etishning yagona yo‘li - sohani liberallashtirish orqali xususiy OO‘Yu faoliyatini yo‘lga qo‘yishdir. Davrimizga oid chizgi va qaydlar: Bir qancha ishbilarmonlar o‘z mablag‘lariga (davlatdan bir tiyin olmay) Moskvadagi “Skolkovo”ga teng keladigan o‘zlarining har taraflama qulay biznes-maktablarini ochishmoqchi, biroq mana bir necha oydirki ularga Toshkent viloyatidan joy ajratib bera olishmayapti. Nahotki yoshlarning ta'lim olishi hech kimga kerak bo‘lmasa?” - deydi Aziza Umarova.
Tavsiya etamiz
Bojlarni muzlatgan Tramp, urushdan sillasi qurigan Sudan – hafta dayjesti
Jahon | 12:50 / 13.04.2025
Sirli eshiklar va yashirin yo‘laklar: Toshkent metrosi xavfsiz boshpana bo‘la oladimi?
O‘zbekiston | 10:00 / 12.04.2025
Leapmotor avtomobillarining O‘zbekistonga importi cheklangani yuzasidan izoh berdi
O‘zbekiston | 15:52 / 11.04.2025
“Yaqin kunlarda rekord issiqlik to‘lqini kutilmoqda” – iqlimshunos Erkin Abdulahatov
O‘zbekiston | 13:00 / 10.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Uzbekistan Airways Toshkent-Jidda reyslarida Umra vizasiga ega yo‘lovchilarni qabul qilishni to‘xtatdi
O‘zbekiston | 01:01
-
Donald Tramp Rossiya-Ukraina urushida Bayden, Zelenskiy va Putinni aybladi
Jahon | 00:35
-
KXDRda mamlakat tarixidagi eng katta harbiy kemani qurish boshlandi
Jahon | 00:15
-
Pfizer nojo‘ya ta’sirlar tufayli semirishga qarshi dori ishlab chiqishni to‘xtatadi
Jahon | 23:23 / 14.04.2025
Mavzuga oid

18:02 / 17.04.2024
Xususiy oliy ta’lim: tijoriy manfaat va sifatli ta’lim muvozanati qanday topiladi?

16:26 / 16.04.2021
«Uchta ta'lim vazirligi birlashtirilsa, sohada moliyaviy qiyinchiliklar kamayardi» - Aziza Umarova ta'limdagi kamchiliklar haqida

22:32 / 26.01.2021
Aslida unday emas: Ayollarning o‘zbek jamiyatidagi roli haqidagi uchta noto‘g‘ri qarash

12:27 / 19.11.2020