AQŞ dam oliş kunlari Angliya janubidagi aviabazadan Harbiy-havo kuçlariga tegişli barça 12 ta B-1 bombardimonçi samolyotini şoşilinç ravişda olib çiqib ketdi. Bunga harbiy qömondonlar uşbu obyektga qarşi Eron qöllab-quvvatlayotgan ehtimoliy fitna haqida yangi tahdid maʼlumotlarini olgani sabab bölgan. Bu haqda 4-oktabr kuni ikki nafar amerikalik rasmiyga tayanib New York Times maʼlum qildi.

Naşrning yozişiça, bombardimonçi samolyotlarning bunday olib çiqilişi öta ğayrioddiy hol. «Jangovar operatsiyalar hududidan minglab kilometr uzoqda joylaşgan, tinçlik şaroitidagi ittifoqçi davlatning aviabazasida bunday qadamlar kamdan kam hollarda bu qadar tez taşlanadi», deb yozgan mualliflar.

Bombardimonçilarni Britaniya Qirollik harbiy-havo kuçlarining Fairford bazasidan (RAF Fairford) olib çiqiş zarurati şu qadar şoşilinç deb topildiki, ayrim samolyotlar va ularning ekipajlari bazani havoda yonilği quyuvçi samolyotlar hali safarbar etilayotgan paytdayoq tark etgan. Vaholanki, aynan öşa samolyotlar ularning AQŞgaça bölgan parvozini taʼminlaşi kerak edi.

Boz ustiga, bu bombardimonçilarning bir qismi kuçlarning odatiy rotatsiyasi doirasida ötgan haftadagina yetib kelgandi. Naşr manbalariga köra, yakşanba kunigaça kamida uçta samolyot AQŞning Janubiy Dakota ştatidagi öz doimiy bazasiga qöngan.

Pentagonning Yevropa qömondonligi yakşanba kuni bombardimonçilar Angliyani tark etganini tasdiqladi. Biroq qömondonlik yangi ogohlantirişlar haqida izoh berişdan boş tortdi.

«Fairford bazasiga joylaştirilgan AQŞning barça bombardimonçilari Qöşma Ştatlardagi doimiy bazalariga qaytarilmoqda. AQŞ Harbiy-havo kuçlarining bombardimonçilari global miqyosdagi jangovar şaylik va operatsion ehtiyojlarni taʼminlaş uçun dunyo böylab muntazam faoliyat yuritadi», deyiladi qömondonlik bayonotida.

Britaniya Mudofaa vazirligi esa AQŞ harbiy samolyotlarining kutilmagan harakati yuzasidan izoh bermagan.

Qanday xavf bölişi mumkin?

Maʼlumotdan xabardor AQŞ rasmiylariga köra, sentabr oyida AQŞ harbiy qömondonlari Amerika va boşqa Ğarb razvedka idoralaridan vahimali ogohlantiriş olgan. Unda Fairford baza Eron qöllab-quvvatlayotgan ehtimoliy hujumning nişoni ekani aytilgan.