Yamandagi uruş
Xalqaro miqyosda tan olingan Yaman hukumati 4-oktabr kuni husiyçilarga qarşi yirik harbiy kampaniya boşlaganini maʼlum qildi.
Yamandagi boşqaruv Kengaşi raisi Raşod al-Alimiy öz murojaatida hukumat kuçlari mamlakat husiyçilar «çangalidan ozod qilinmagunça» hujumni davom ettirişini aytdi. Uning sözlariga köra, bu qaror vaziyatni yumşatiş uçun barça imkoniyatlar tugaganidan keyin qabul qilingan. Keyinroq harbiy vakil husiyçilarni qurolni taşlaşga çaqirdi.
Reuters manbalariga köra, operatsiyada havo hujumlarini Saudiya Arabistoni olib boradi, quruqlikdagi janglarda esa Yaman kuçlari qatnaşadi. AQŞ esa Ar-Riyodga razvedka maʼlumotlari bilan yordam bermoqda.
Husiyçilar esa şu kuni javob harakatlarini amalga oşirdi. Ular Ar-Riyod va Hurays hududidagi Saudi Aramco obyektlariga ballistik raketalar va dronlar bilan zarba bergan. Husiyçilar buni sönggi 12 soatda Saudiya Arabistoni boşçiligida koalitsiya bergan 50 ta havo va raketa zarbasiga javob deb atadi. Saudiya bu daʼvoni hozirça tasdiqlamadi.
Yaman hukumatining qarori husiyçilarning sönggi harbiy yutuqlari fonida eʼlon qilinmoqda. Ötgan oy husiyçilar kutilmagan hujum orqali bir neça haftada Bob al-Mandab böğozi va Qizil dengiz böyidagi 150 kilometrga yaqin sohilni egallagandi.
Erondagi uruş ortidan Hörmuz yopilgaç, Bob al-Mandab yanada muhim yölakka aylandi. Özini rasman «Ansorulloh» deb ataydigan husiyçilar 2014-yildan buyon Yamanda poytaxt Sano va şimoli-ğarbiy hududlarni nazorat qilib keladi. Saudiya Arabistoni 2015-yilda uruşga aralaşgan, biroq ularni mağlub eta olmagan.
AQŞ B-1 bombardimonçilarini qaytardi
Amerika Qöşma Ştatlari Buyuk Britaniyadagi aviabazadan özining B-1 bombardimonçi samolyotlarini olib çiqib ketdi. Bu maʼlumotni Pentagon rasmiysi tasdiqladi va samolyotlar AQŞdagi «öz doimiy bazalariga qaytarilganini» bildirdi.
London şimoli-ğarbida joylaşgan RAF Fairford aviabazasida ön ikkita B-1 samolyoti bor edi. Bu yirik bombardimonçilar AQŞning Eronga bergan zarbalari uçun işlatilgan va har birining narxi bir neça yuz million dollardan oşadi.
Uşbu voqea – Buyuk Britaniyadagi AQŞ aviabazasi yaqinida bir neça kişi terrorçilik harakatlarini tayyorlaşda gumonlanib hibsga olinganidan keyin yuz bermoqda.
Ötgan hafta Britaniya rasmiylari bazani nişonga olgan ehtimoliy hujumga Eronning aloqadorligi haqida «jiddiy belgilar» borligini taʼkidlagandi. Eron esa ayblovlar asossiz ekanini bildirdi va bu masala yuzasidan Britaniyaning Tehrondagi elçisini çaqirtirdi.











