Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi eng katta Qur'on kitoblaridan biri Samarqanddagi muzeyda saqlanmoqda
Samarqanddagi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyida saqlanayotgan mazkur Qur'oni karim hajmi va taxlanishi jihatidan Markaziy Osiyoda eng nodir nusxalardan biri hisoblanadi, deydi Kun.uz’ga Samarqand davlat muzey qo‘riqxonasi ilmiy xodimi Sh.Rustamov.
Bu nusxa Samarqand qozikaloni Mir Nizomiddin Xoja ibn Mir Abdug‘affor Xojaning ma'lumotiga ko‘ra, hijriy 1271 yilda (milodiy 1854-1855-yillarda) Buxoro hukmdori Amir Nasrulloh buyrug‘i bilan samarqandlik kotib Mullo Hasan Samarqandiy tomonidan suls xatida Samarqand qog‘oziga ko‘chirilgan.
Kitobning birinchi betida Bibixonim masjidiga vaqf qilingani yozilgan. Keyinchalik Shohi Zinda maqbarasiga o‘tkazilgan.
Bu kitob hijriy 1298 yilda (milodiy 1881–1882 yillar) va 1339 yilda (milodiy 1922–1923 yillarda) ta'mirlangan. Ta'mirlash ishlarida Mulla Abdurahmon Mirsolihov, Porsoxo‘ja Tursunxo‘jayev, rangi o‘chgan joylarini qayta yozishda mulla Sayfiddin Abdusattorov qatnashgan.
1939 yilda Shohizinda maqbarasidan olinib, Samarqand viloyat muzeyiga (hozirgi O‘zbekiston madaniyati tarixi davlat muzeyi) topshirilgan.
Bu Qur'onning o‘lchami 104 x 156 sm bo‘lib, 32 varaqdan iborat. Kitob unvoni (nomi) birinchi betida bo‘lib, zarhal harflar bilan ishlangandir. Har bir beti bir-biriga ulangan varaqlardan iborat bo‘lib, yog‘ochdan yasalgan to‘rtburchak bo‘lmalarga mahkamlangan. Burchaklari teri bilan qoplangan.
Tavsiya etamiz
“Ona uchun yasalgan pechka” – migrantlikdan pechkachilikkacha
Jamiyat | 09:05
Yaponiyada ayiqlar hujumidan 12 kishi vafot etdi. Ularga qarshi kurashga harbiylar jalb qilindi
Jahon | 19:21 / 05.11.2025
O‘zbekiston sentabrda dunyoda oltin sotgan yagona davlat bo‘ldi
Iqtisodiyot | 19:13 / 05.11.2025
Tramp nishonida - Venesuela. Nega?
Jahon | 18:30 / 05.11.2025
So‘nggi yangiliklar
-
🔴 LIVE: Rossiya yadro sinovlarini boshlamoqchimi? | “Geosiyosat”
Jahon | 15:46
-
GFR rossiyaliklarning biometrik bo‘lmagan pasportlar bilan kirishini taqiqlaydi
Jahon | 15:45
-
Putinning «muhim» topshirig‘i, AQSh tarixidagi eng uzun «shutdown» va Pokrovsk xarobalaridagi janglar – kun dayjesti
Jahon | 14:59
-
O‘zbekiston energetikasida vodorod ishlab chiqarishni joriy etish masalalari ko‘rib chiqildi
Iqtisodiyot | 14:43
Mavzuga oid
22:11 / 05.11.2025
Samarqand tarixi YuNeSKO xulosasi bilan 3000 yildan ortiq deb baholandi
17:50 / 05.11.2025
Centrum Air Samarqand-Dushanbe reyslarini bekor qildi
08:45 / 05.11.2025
15 dekabr - Butunjahon turkiy tillar kuni etib belgilandi
07:30 / 03.11.2025