Uç oy davomida Samarqanddan Tojikiston poytaxti Duşanbe şahriga amalga oşirilgan aviaqatnovlar butunlay bekor qilindi. Bunga marşrutga bölgan talabning pastligi sabab böldi, deb xabar berdi Asia-Plus.

Centrum Air aviakompaniyasining Tojikistondagi vakolatxonasi buni yölovçilar sonining kamligi, hatto faol parvozlar davrida ham samolyotlar tölmagani bilan izohladi. Kompaniya vakillari reysni bekor qiliş töğrisidagi qaror vaziyatni sinçkovlik bilan örganib çiqilgandan söng qabul qilinganini ta’kidladi.

«Yaqin kelajakda uşbu reysni qayta tiklaş haqida gap yöq», deyiladi kompaniya xabarida.

Samarqand-Duşanbe-Samarqand reyslari 2025 yil 20 iyul kuni oçilgan edi. Uni Özbekistonning Centrum Air aviakompaniyasi payşanba va yakşanba kunlari amalga oşirgan va çiptalar narxi taxminan 460 somoniyni (≈595 ming söm) taşkil etgan.

Hozir Centrum Air çorşanba va şanba kunlari Toşkent-Duşanbe-Toşkent yönalişi böyiça parvozlarni amalga oşirmoqda. Çipta narxi 653 ming sömni taşkil etadi.