2019 yil yanvar-mart oylarida O‘zbekiston bo‘yicha yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan korxona va tashkilotlarda ishlovchilarning o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 049,7 ming so‘mni (ish haqiga ustama, mukofot, rag‘batlantirish xususiyatiga ega to‘lovlar, kompensatsiya va ishlanmagan vaqt uchun haq kabi to‘lovlar kiritilgan, shuningdek uning tarkibida jismoniy shaxslar daromad solig‘i va kasaba uyushmasiga to‘lovlar ham mavjud) tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 32,2%ga o‘sishni ta'minladi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

2019 yil yanvar-mart oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ish haqi tahlili quyidagilarni ko‘rsatmoqda: ta'lim sohasida 22 947 ta muassasada 1 024,8 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 38,1%) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 5 207,6 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 31,5%) tashkil etgan. Mazkur sohada ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 1 693,9 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 37,3%ga o‘sdi. 

Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Toshkent shahrida 2 133,3 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 125,9%), Jizzax viloyatida 1 737,7 ming so‘mni (102,6%) va Toshkent viloyatida 1 712,4 ming so‘mni (101,1%) tashkil etgan bo‘lsa, Qashqadaryo viloyatida 1 531,9 ming so‘mni (90,4%) va Farg‘ona viloyatida 1 555,4 ming so‘mni (91,8%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda. 

Sanoat iqtisodiy faoliyat turida 575 ta korxonada 475,1 ming nafar (jami ishlovchilarga nisbatan ulushi 17,7%ni) xodim ishlagan bo‘lib, ularga hisoblangan ish haqi fondi 4 043,7 mlrd. so‘mni (jami ish haqi fondidagi ulushi 24,5%ni) tashkil etgan. Sanoat sohasida ishlovchilarga hisoblangan o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi 2 836,9 ming so‘mni tashkil etib, 2018 yilning mos davriga nisbatan 22,6%ga o‘sdi. 

Ushbu sohadagi o‘rtacha oylik nominal hisoblangan ish haqi ko‘rsatkichini respublika hududlari bo‘yicha ko‘riladigan bo‘lsa, ya'ni o‘rtacha oylik ish haqining yuqori miqdori Navoiy viloyatida 3 446,1 ming so‘mni (121,5%), Qoraqalpog‘iston Respublikada 3 418,8 ming so‘mni (respublikadagi o‘rtacha oylik ish haqiga nisbatan 120,5%), Toshkent viloyatida 3 141,4 ming so‘mni (110,7%) va Toshkent shahrida 2 924,5 ming so‘mni (103,1%) tashkil etgan bo‘lsa, Namangan viloyatida 1 781,7 ming so‘mni (62,8%), Jizzax viloyatida 1 827,5 ming so‘mni (64,4%) tashkil etib, boshqa hududlarga nisbatan kam miqdorga ega bo‘lmoqda.