Abdulla Aripov va Dmitriy Medvedev qachon uchrashishi ma'lum bo‘ldi
24 aprel kuni Moskvada Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha Hukumatlararo komissiyaning XX yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xo‘jayev hamda Rossiya Federatsiyasi iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin boshchiligida o‘tkazildi.
Oreshkin joriy yil may oyi oxirida RF bosh vaziri Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning uchrashuvi rejalashtirilgani haqida eslatdi. «Bosh vazirlar darajasida qo‘shma komissiya mavjud, bizda bu dunyodagi faqatgina bir necha davlat bilan amal qiladi. Bosh vazirlar uchrashuvi may oyi oxiriga rejalashtirilgan», - dedi Oreshkin.
Uchrashuv davomida tomonlar 30 may kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan bosh vazirlar darajasidagi Hukumatlararo komissiya ishini muhokama qilishdi. Savdo-iqtisodiy aloqalar, transport, qishloq xo‘jaligi va sog‘liqni saqlash sohalarida hamkorlik masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Maksim Oreshkinning xabar berishicha, komissiya ikki mamlakat bosh vazirlari uchrashuviga olib chiqilishi rejalashtirilgan bir qator hujjatlarni ishlab chiqqan.
Bundan oldin, Shavkat Mirziyoyev yil oxirida Rossiyaga tashrif buyurishi xabar berilgandi.
Mavzuga oid
18:33 / 04.11.2024
Abdulla Aripov Shanxayda Xitoy bosh vaziri bilan uchrashuv o‘tkazdi
18:17 / 04.10.2024
Bosh vazir Abdulla Aripov shaxmat federatsiyasiga raislik qiladi
22:17 / 01.10.2024
Abdulla Aripov Yerevanda Eron birinchi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazdi
00:57 / 10.09.2024