Turkmaniston prezidenti ot haqida rep qo‘shiq ijro etdi
Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov 28 aprelda Rivoj laqabli axaltaka toychog‘i haqida rep qo‘shiq ijro etdi. Ta'kidlanishicha, toychoq 2019 yilning ilk kuni tug‘ilgan.
Turkmaniston rahbari o‘zi yozgan qo‘shiq bilan xalqaro ot sporti majmuasida turkman oti milliy bayrami sharafiga o‘tkazilgan ot choptirishda chiqish qilgan.
Qo‘shiqda toychoq butun mamlakat uchun farovonlik darakchisi va ilhom manbai ekani haqida kuylangan.
Joriy yil boshida Berdimuhamedov Turkmaniston ichki ishlar vazirligi xo‘jalik boshqarmasi obektlaridagi vaziyat bilan tanishishi vaqtida vazir Iskandar Mulikov IIV shaxsiy tarkibi nomidan unga ushbu toychoqni sovg‘a qilgan. Berdimuhamedov toychoq shiori “Turkmaniston – farovonlik vatani” bo‘lgan 2019 yilda dunyoga kelgani sababli uni Rivoj deb atagan.
Umuman olganda, Turkmaniston prezidenti ikkinchi bor ommaviy ravishda rep qo‘shiq ijro etmoqda. 2018 yil iyulda u nabirasi bilan birga “Sportcha Turkmaniston” degan qo‘shiqni ijro etgan. Qo‘shiq so‘zlariga prezidentning o‘zi, musiqasiga esa nabirasi mualliflik qilgan.
Mavzuga oid
16:34 / 11.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Ashxobodda Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi
12:12 / 28.08.2024
Shavkat Mirziyoyev Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi
14:41 / 13.08.2024
Gurbanguli Berdimuhamedov ta’til kunlarida sport mashinasini sinovdan o‘tkazdi
21:22 / 03.07.2023