Amaliyotda aksariyat davlatlar tez-tez bir-birlarini ayblab kelişadi. Rossiya köp narsalarda AQŞni aybdor etib körsatsa, AQŞ esa aksinça, Rossiyani körsatadi. Davlatning içki muammolari haqida gapiradiganlar va mavjud faktlarni tan oluvçilar esa ozçilikni taşkil qiladi.
Mavzuning dolzarbligidan kelib çiqib, Kun.uz «Sizning fikringiz» Telegram-kanalida sörov ötkazdi. Sörov onlayn ötkazilganligi bois jins, yoş va boşqa omillar hisobga olinmadi. Bundan taşqari, har bir savolga turliça miqdordagi respondentlar javob berişdi (öz ixtiyoridan kelib çiqib), ya'ni bir savolga 50 kişi javob bergan bölsa, boşqasiga 65 kişi javob qaytardi.
Respondentlardan Özbekistonning asosiy içki duşmani nima ekanligi söraldi.

1033 respondentdan 58%i Özbekistonning asosiy duşmani korrupsiya ekanligini bildirişdi. Şu bilan birga, sörovda qatnaşganlarning 17%i mamlakatning asosiy duşmani maddohlik, 15%i – qarindoş-uruğçilik, 5%i - mahalliyçilik, 3%i - volyuntarizm va 2%i nigilizm deya qayd etdi.
Eslatib ötamiz, Transparency International xalqaro huquqni himoya qiliş taşkilotining korrupsiya indeksida Özbekiston 158-örinda joylaşgan. Özbekiston 2017 yilda 157-, 2016 yilda esa 156-örinda bölgan.
«Sönggi ikki yil içida siz korrupsiyaga qarşi kuraş sohasida ijobiy özgarişlarni kuzatdingizmi?» degan savolga 754 respondent javob qaytargan. Ularning 63%i ijobiy özgarişlarni kuzatmaganini bildirgan, 37%i esa ha javobini bergan.

Korrupsiya holatlariga duç kelganligi haqidagi savolga 694 kişi javob qaytargan. Ularning 92%i bunday holatga duç kelganligini, 8%i esa duç kelmaganligini bildirgan.
Rasmiy ma'lumotlar ham pora söraş holatlari mavjudligini tasdiqlaydi. Masalan, Davlat xizmatlari agentligi va uning hududiy boşqarmalari tomonidan joriy yilning I çoragida 1 318 marta «sirli mijoz» aksiyasi ötkazilgan va natijada 68 nafar xodim bilan mehnat şartnomalari bekor qilingan.

Darvoqe, 2018 yilning 10 oyi davomida Boş prokuratura 80dan ortiq pora berişga uriniş holatlarini qayd etdi.
Yuqoridagi holatlar böyiça taklif etilgan pullarning umumiy miqdori 28,1 ming dollar va 49 mln sömni taşkil etgan.
Bundan taşqari, 4 may kuni Senatning 19-yalpi majlisida prokuratura organlarining 2018 yildagi faoliyati yuzasidan Boş prokuror hisobot berdi. Otabek Murodov 2018 yil davomida 1907 nafar mansabdor şaxs korrupsion jinoyatlari uçun javobgarlikka tortilganini ma'lum qildi.
Respondentlar şuningdek, Özbekistondagi korrupsiya darajasini baholaşdi. 696 nafar respondentning 82%i Özbekistonda korrupsiya darajasini yuqori va bu jiddiy muammo deb hisoblaydi. 15%i esa korrupsiya darajasi örtaça va u mamlakat rivojiga tösqinlik qiladi deb hisoblaydi. 1% kişi korrupsiya iqtisodiyotga ta'sir ötkazmaydi degan fikrda, 2% kişi esa javob berişga qiynalgan.

Bu darhaqiqat jiddiy muammo. «Özbek malikasi»ning qilmişlari haqida uzoq vaqt söz oçilmay keldi. Oqibatda endi Özbekiston öz pullarini mamlakatga qaytara olmayapti. Davlat va fuqarolarga yetkazilgan zarar miqdori 1 trln 270 mlrd 200 mln söm, 1 mlrd 651,8 mln dollar, 26,1 mln yevroni taşkil etgan — milliy valutada bu jami 3 trln 746,8 mln sömga teng.
Respondentlardan mansabdorlar pora olişlarining asosiy sababini aytiş söralganida, 483 kişidan 45%i tizimning korrupsiyalaşganligini körsatdi. 24%i qat'iy javobgarlik yöqligini, 22%i oylik maoşning pastligini bildirgan. Sörov iştirokçilarining atigi 7%i bunga huquqiy madaniyatning pastligi sababçiligini, 2%i boşqa muammolarni körsatdi.

Şu örinda biz viloyatda bank sohasida işlagan sobiq xodimning hikoyasini misol keltirmoqçimiz.
«Oylik judayam oz. Ba'zida Toşkentdan turli sabablar bilan mehmonlar kelişadi. Ularni kutib oliş, yaxşi restoranga olib borib mehmon qilişga töğri keladi. Oylik stol tuzaşga ham yetmaydi. Töğrisini aytaman, mijozlardan undirişga majbur bölamiz. Biz kredit berilişini tezlaştiramiz, ular bizga uluş berişadi, biz esa pulni toşkentlik mehmonlarga sarflaymiz. Toşkentdan mehmon kelmaganida edi, mijozdan uluş olmasdik. Tinçgina işlardik», - dedi u ismini oşkor qilmaslik şarti bilan.
Körib turganingizdek, zanjir yuqoridan boşlanadi, ya'ni respondentlar aytganidek, muammo butun tizimning korrupsiyalaşganida.
«Mansabdorlar pora olmasligi uçun qança maoş olişi kerak?» degan savolga respondentlarning 45%i 20 mln sömdan ortiq maoşni qayd etgan. 25% respondent mansabdorlar 8-10 mln söm olişi kerak degan fikrda. Savolga javob berganlarning 10%i 4-5 mln söm oylik yetarli deb hisoblaydi. 9% - 16-18 mln söm, 6% - 12-14 mln söm va 5% - 6-7 mln söm.
Körinib turibdiki, aksariyat respondentlar (deyarli yarmi) katta maoş (20 mln sömdan ortiq) joylardagi korrupsiyaning oldini oladi degan fikrda. 20 mln söm bu qariyb 2,4 ming dollar degani. Rostdan ham, bu pulga qisqa muddatda uy, maşina oliş mumkin.
«Katta maoş korrupsiyaga barham beradimi?» degan savolga 70%ga yaqin respondent ha deb javob bergan. 20% respondent mansabdorlar baribir pora oladi deb öylasa, 10%i «maoşni oşiriş befoyda çora» deb hisoblaydi.
Köplab davlatlarda korrupsiyaga qarşi nafaqat «kişan va qamoqxonadan», balki mansabdorlarni rağbatlantiriş orqali ham kuraşiladi. Singapur aynan mana şu usuldan foydalangan. Ötgan asrda mansabdorlarning maoşi bir neça baravarga oşirilgan.
Ma'lumot uçun: prezident Obama ma'muriyatidagi vazirning maoşi yiliga 199 700 dollarga teng bölgan (oyiga 16 642 dollar). Buyuk Britaniyadagi vazirlarning oyligi yiliga örtaça 134 565 funtni taşkil etadi. Kanada parlamentining barça a'zolari yiliga 160 200 dollar, vazirlar 57 500 dollar oladi.
Maqolamiz söngida Singapurning sobiq yetakçisi Li Kuan Yudan iqtibos keltiramiz: «Agarda biz boşqarayotgan davlat hukumatidan köpçilikning hayotini yaxşilaşga emas, hukumat tepasidagi ozçilikning çöntagini qappaytiriş uçun foydalanilsa, buning oxiri voy», - degandi u.
Kun.uz öquvçilarini «Sizning fikringiz» Telegram-kanaliga obuna bölişga va ekspress-sörovlarda faol qatnaşişga çaqiradi.
Uluğbek Akbarov












