Ramazonning ilk oqşomi Özbekistonning 2050 dan ziyod masjidda taroveh namozlari, 1200 dan ortiq jome masjidlarda xatmi Qur'on boşlandi. Jome masjidlarga yiğilgan ming minglab namozxonlar xofiz qorilarning çiroyli sovt va xuşovozlik bilan öqigan Qur'oni Karim tilovotlaridan bahramand böldilar.
Bu keça “Hazrati Imom” jome masjidida ham taroveh namozida Haq taolo kalomini xatmi boşlandi. Masjidga asta-sekin közlari Ramazon şukuhi ila çaqnagan, yuzlari nurli, yoşlari uluğ otaxonlar hamda taroveh namozida Allohning muborak kalomiga some bölişni intiqlik bilan kutgan namozxonlar kirib kela boşladilar. Bir zumda masjid Qur'on muxlislari bilan tölib toşdi, deyiladi Özbekiston Musulmonlari idorasi xabarida.
Dastlab, muftiy muborak Ramazon oyi bilan barçani tabriklab, duolar ijobat böladigan damlarni ğanimat biliş, yurtning tinç-osoyiştaligi xotirjam ibodat qiliş garovi ekanini ta'kidlab, yaratgandan bu ne'matlarni yanada ziyoda qilişini sörab, duo qildi. Söngra taroveh namozi boşlanib, Kalomullohning tilovati qalblarga surur va farah baxş etdi.
Taroveh namozi öqib bölingaç, namozxonlar muftiy hazrat bilan baralla duoga qöl oçib, Ramazoni şarifga yetkazgani uçun Alloh taologa hamdu sanolar aytişdi. Yaratgandan yurt tinçligini, osmonimiz musaffoligini, xalqimiz farovon bölişini söraşdi.




























