Gollandiyaning birinçi divizionida iştirok etuvçi “Telstar” klubi öz hujumçisi Yordi van der Lan bilan şartnomani bekor qildi. Bunga esa futbolçining özini kasalga solişi sabab bölgan. Bu haqda IJmuider Courant naşri xabar berdi. 

29 aprelda futbolçi klubga özini yomon his qilayotganini ma'lum qilgan, biroq şu kuniyoq Çempionlar ligasining Londonda ötgan “Tottenxem” va “Ayaks” örtasidagi yarim final uçraşuviga taşrif buyurgan. Futbolçi buni “Telstar” sovrinli örinlar uçun kuraşmayotgani, uning özi esa yetarliça maydonga tuşirilmagani bilan tuşuntirgan. Futbolçining aytişiça, özgaça vaziyatda u Londonga uçib ketmagan bölardi.

Van der Lan Çempionlar ligasi öyini boşlanişidan oldin klub rahbariyatiga bor haqiqatni sözlab berganini qöşimça qilgan. “Bu noqulay vaziyat. Biroq barça xabardor qilingan, şu sababli biz yaxşi notada xayrlaşdik”, deb ta'kidlab ötgan futbolçi. 

Birinçi divizion yakunlariga köra, “Telstar” klubi 20 ta klub içida 15-örinni egallagan. Van der Lan 7 ta öyinda maydonga tuşib, samarali harakatlar bilan  ajralmagan. Uning şartnomasi 2019 yil yozigaça möljallangan bölgan.