Yaponiyaning Toyota avtokonserni yiliga 30 trln iyenlik (272 mlrd dollar) savdo hajmiga erişgan ilk yapon kompaniyasi böldi. Bundan kompaniyaning 2018 moliyaviy yil (2019 yil 31 martda yakunlangan) uçun hisoboti darak bermoqda.

Toyota ma'lumotlariga köra, bir yil davomida konsernning savdo hajmi 2,9 foizga ösib, 30,23 trln iyenga yetgan. Ötgan moliyaviy yil davomida kompaniya 10,6 mlnta avtomobil sotgan. Bu esa 2017 yilga nisbatan 1,6 foiz köproqni taşkil qilgan. Kompaniya 2019 moliyaviy yilda sof daromadini 19,5 foizga oşirib, 2,25 trln iyenga (20 mlrd dollar) yetkazmoqçi.    

Konserning 2018 moliyaviy yildagi daromadi 24,5 foizga kamayib, 1,8 trln iyenni (16,3 mlrd dollar) taşkil qilgan. Bunday salbiy körsatkiçlar investitsiyaviy yöqotişlar va aksiyalar narxini pasaytiriş trendi bilan boğlangan.