Jahon | 16:44 / 10.05.2019
10072
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp FQB tarixidagi eng yomon direktor kimligini aytdi

Foto: AFP/Getty Images

AQSh prezidenti Donald Tramp federal qidiruv byurosining sobiq rahbari Jyeyms Komini byuro tarixidagi eng yomon direktor deb atadi.

Avvalroq Komi CNN telekanaliga bergan intervyusida amaldagi davlat rahbarini odil sudlovga to‘siq qo‘yishda ayblagan, mamlakat bosh prokurori Uilyam Barr va uning o‘rinbosari Rod Rozenshteynni prezidentning qo‘g‘irchoqlari deb tanqid qilgandi. Shuningdek FQB sobiq direktori Rossiyada Trampga bosim o‘tkazish usullari mavjudligini aytgandi.

"Jyeyms Komi – FQB uchun isnod va uning uzoq va bir vaqtlar faxrli bo‘lgan tarixidagi eng yomon direktor sifatida yodda qoladi. U FQBni yakson qildi, deyarli barcha respublikachi va demokratlar u bo‘shashi shart deb o‘yladi, ammo FQB u yerda ishlayotgan buyuk erkak va ayollar tufayli o‘z buyukligini qaytarib oladi", - deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Mavzuga oid