20 may kuni Jyenevada Jahon soğliqni saqlaş assambleyasi (JSSA)ning 72-sessiyasi öz işini boşladi, deya xabar beradi Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati.
Özbekistonning Jyenevadagi doimiy vakolatxonasi ma'lumotiga köra, JSSAning Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti (JSST) Yevropa mintaqasi böyiça vitse-prezidenti etib Özbekiston Respublikasi soğliqni saqlaş vaziri Alişer Şodmonov saylangan.
"Bu Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev rahbarligi ostida amalga oşirilayotgan soğliqni saqlaş tizimini yaxşilaş, soğlom avlodni tarbiyalaş uçun zarur şaroitlarni şakllantiriş va profilaktik tibbiyotni rivojlantirişga yönaltirilgan keng qamrovli islohotlarning JSST tomonidan e'tirof etilişidan dalolat beradi", - deyiladi manbada.
Jahon soğliqni saqlaş assambleyasi - JSSTning oliy organi bölib, uning faoliyatida taşkilotga a'zo barça davlatlar delegatsiyalari iştirok etadi. Uning asosiy funksiyalariga JSST faoliyati yönalişlarini belgilaş, taşkilot boş direktorini tanlaş, budjetni tasdiqlaş va nazorat qiliş kiradi. Assambleya raisi va uning 5 nafar örinbosari JSSTning har bir hududidan bittadan saylanadi va JSSA yalpi sessiyalarida navbatma-navbat raislik qiladi.
JSSAning hozirgi sessiyasida dunyoning 190 dan ziyod mamlakatidan 3 mingga yaqin delegat iştirok etmoqda. 150 nafarga yaqin soğliqni saqlaş vaziri, yetakçi xalqaro taşkilotlar, yirik korporatsiyalar, xalqaro jamğarmalar va ilmiy doiralar şular jumlasidandir.
"Ta'kidlaş joizki, Özbekistonning soğliqni saqlaş sohasidagi yutuqlari JSSA tadbiri oçiliş marosimida JSST boş direktori Tedros Adxanom Gebreyyesusning çiqişida ham öz aksini topdi. U, xususan, Özbekiston dunyoning oz sonli mamlakatlari qatorida öz hududida bezgakni töliq yöq qilişga erişganini ta'kidladi", - deyiladi TIV xabarida.
Tadbir doirasida Özbekiston delegatsiyasi rahbarining yalpi sessiyada çiqişi rejalaştirilmoqda. Şuningdek, JSST rahbariyati hamda xorijiy davlatlar delegatsiyalari rahbarlari bilan ikki tomonlama uçraşuvlar ötkazilişi va soğliqni saqlaş tizimidagi hamkorlikni rivojlantiriş va mustahkamlaşga doir ustuvor masalalar muhokama qilinişi kutilmoqda.
Jahon soğliqni saqlaş assambleyasi sessiyasi 28 mayga qadar davom etadi.








