Miroslav Laychak: O‘zbekistonning YeXHT Parlament assambleyasi to‘la huquqli a'zosi sifatida ishtirok etishi muhim
Senatda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati raisining birinchi o‘rinbosari Sodiq Safoyevning YeXHTning amaldagi raisi, Slovakiya Respublikasi tashqi ishlar va Yevropa ishlari vaziri Miroslav Laychak bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining axborot xizmati xabar qilmoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston va Slovakiya Respublikasi o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlikni, shu jumladan parlamentlararo aloqalarini, shuningdek O‘zbekistonning YeXHT bilan o‘zaro hamkorligini, shu jumladan YeXHT Parlament assambleyasi doirasidagi hamkorligini yanada mustahkamlashning dolzarb masalalari muhokama etildi.
Tomonlar O‘zbekiston va Slovakiyaning savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar sohalarda, shuningdek parlamentlararo muloqotni faollashtirishda ikki tomonlama hamkorligini yanada kuchaytirish zarurligini ta'kidladilar.
O‘zbekistonning YeXHT PA to‘la huquqli a'zosi sifatida ishtirok etishi muhimligi ta'kidlandi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonning undagi doimiy delegatsiyasi faoliyat ko‘rsatmoqda. YeXHT va uning institutlari bilan hamkorlik turli darajalarda amalga oshirilishi va keng ko‘lamdagi masalalarni qamrab olishi qayd etildi.
Toshkentda O‘zbekistondagi YeXHT loyihalari muvofiqlashtiruvchisi ofisi muvaffaqiyatli faoliyat ko‘rsatmoqda. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan YeXHT loyihalari xavfsizlik, barqaror iqtisodiy-ekologik va ijtimoiy taraqqiyot sohalarida respublika muassasalarining institutsional imkoniyatlarini rivojlantirishda ularga texnik ko‘mak berishga qaratilgan. 2007–2017 yillarda umumiy miqdori 12 mln. yevrodan ziyod 150 dan ziyod loyiha amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda O‘zbekistonda qiymati deyarli 4 mln. yevro bo‘lgan 20 ta loyiha amalga oshirilmoqda.
Uchrashuv yakunida tomonlar bundan buyon ham O‘zbekistoning Slovakiya Respublikasi, shuningdek YeXHT tuzilmalari bilan ikki tomonlama hamkorligining mavjud salohiyatini mustahkamlash va rivojlantirish uchun barcha sa'y-harakatlarni ishga solishga tayyor ekanini bildirdilar.
Mavzuga oid
16:39 / 02.12.2024
“Tashqi siyosat konsepsiyasi yopiq bo‘lishi mumkin emas” - Sodiq Safoyev
13:56 / 19.11.2024
Tanzila Norboyeva Senat raisi lavozimiga qayta saylandi
15:20 / 26.10.2024
«O‘zbekistonning BRICS'ga a’zo bo‘lishi kun tartibida emas» – Sodiq Safoyev
08:50 / 26.10.2024