O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi ma'lum qilindi. Import hamon eksportdan ko‘p
2019 yil yanvar-aprel oyi yakunlariga ko‘ra, respublikada tashqi savdo aylanmasi 12,5 mlrd dollarni tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 24,6%ga o‘sdi.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, eksport hajmi 5,2 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 14,3%) va import hajmi 7,3 mlrd dollarga (o‘sish sur'ati 33,3%) yetdi. Tashqi savdo saldosi minus 2 mlrd dollarni tashkil qildi.
2019 yilning yanvar-aprel oyida eksport qilingan tovar va xizmatlar, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 658,9 mln dollarga ko‘proq eksport qilindi, tovar va xizmatlar importi hajmi esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,8 mlrd dollarga ko‘proqdir.
2019 yilning yanvar-aprel oyi yakuni bo‘yicha tovarlar eksporti bilan shug‘ullanuvchi korxonalar o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 479 taga ko‘payib, 3327 taga yetdi.
2019 yil yanvar-aprel oyida tashqi savdo aylanmasida MDH davlatlarining ulushi 34,4%ni tashkil etib, tashqi savdo aylanmasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 134,0% tashkil etdi.
Boshqa xorijiy davlatlarning respublika tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 2018 yilning yanvar-aprel oyida 68,0%ni tashkil qilgan bo‘lsa, joriy yilning ushbu davrida esa tashqi savdo aylanmasidagi ulushi 65,0%ga yetdi. O‘tgan yilning mos davriga nisbatan 20,2%ga o‘sdi.
Mavzuga oid
08:48
11 oyda 215 mln dollarlik elektromobil import qilindi
08:45 / 24.12.2024
O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi salkam 60 mlrd dollarga yetdi
10:56 / 22.12.2024
2024 yil 11 oyda qancha yengil avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi
13:52 / 21.12.2024