Naked Science naşri yoritgan Visual Capitalist infografikasida mamlakatlarning 2025-yildagi dizel eksporti körsatkiçlari taqqoslangan. Maʼlumotlar Joint Organisations Data Initiative - JODI va Neft eksport qiluvçi mamlakatlar taşkiloti - OPEKning oylik statistikasi asosida yillik örtaça qiymatlar sifatida hisoblangan.

AQŞdan keyingi örinda turgan Rossiya kuniga örtaça 783,4 ming barrel, Saudiya Arabistoni esa 678,2 ming barrel dizel eksport qilgan.

photo_2026-09-29_10-08-08
© Visual Capitalist

Birinçi beştalikka Hindiston va Janubiy Koreya ham kirgan. Ularning har biri sutkasiga 500 ming barreldan ortiq dizel yonilğisini taşqi bozorlarga yetkazib bergan.

AQŞning yetakçiligi yirik qayta işlaş quvvatlari bilan boğliq

Materialda AQŞning eksportdagi ustunligi, asosan, mamlakat neftni qayta işlaş sanoatining kölami bilan izohlangan.

2026-yil yanvar holatiga köra, AQŞda 130 ta faol neftni qayta işlaş zavodi mavjud bölgan. Ularning neftni birlamçi qayta işlaş böyiça umumiy quvvati sutkasiga 18,2 million barrelni taşkil etgan.

Ayrim mamlakatlar eksportida qayta eksportning uluşi katta

Niderlandiya, Singapur va Belgiya birgalikda jahon dizel eksportining 12,9 foizini taʼminlagan. Biroq bu hajmning sezilarli qismi qayta eksport hissasiga töğri keladi.

Uşbu mamlakatlar yirik savdo markazlari sifatida dizel yonilğisini import qiladi, saqlaydi, turli partiyalarni aralaştiradi va keyin boşqa bozorlarga jönatadi. Şu sababli ularning eksport körsatkiçlari faqat öz zavodlarida işlab çiqarilgan yonilği hajmini anglatmaydi.

Yevropa eksportda birinçi, ammo importga ham ehtiyoj katta

Mintaqalar kesimida Yevropa jahon dizel eksportining 35,3 foizi bilan birinçi örinni egallagan. Yevropaning uşbu eksport hajmida Rossiya uluşi çorakdan köproqni taşkil etgan.

Yevropa eksportining katta qismi mintaqa içidagi savdodan iborat. Jumladan, Germaniya, Italiya va Ispaniyadagi neftni qayta işlaş korxonalari qöşni mamlakatlarga yonilği yetkazib beradi.