Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev Rossiya-Qozoğiston yoşlarining Qöstanaydagi forumida ikki davlat köngillilari (volontyorlari) bilan uçraşdi va 2020 yilni Qozoğistonda Köngillilar yili deb e'lon qiliş taşabbusini qöllab-quvvatladi.     

Toqayevning ta'kidlaşiça, köngillilar faoliyati eng yuqori darajada qöllab-quvvatlanadi.

“Men aminmanki, nopok qalbli va yomon fikrli odamlar köngillilar böla olmaydi. Köngillilik bu haqiqiy vatanparvarlik timsoli, çunki sizni vatanga xizmat qiliş ezgu ğoyasi, uni butun xalq uçun yanada yaxşiroq va bekamu-köst qiliş istagi yetaklaydi”, deb ta'kidlab ötgan Toqayev.  

Qozoğiston prezidenti, şuningdek, Ikkinçi jahon uruşidagi ğalabaning 75 yilligi arafasida xalqaro köngillilar korpusini taşkil etiş ğoyasini qöllab-quvvatlagan.

Rossiya-Qozoğiston yoşlari hamkorlik forumi 20-21 may kunlari bölib ötdi. Mingdan köproq faollar va jamoat taşkilotlari rahbarlarini töplagan uşbu tadbirning asosiy mavzusi köngillilik va ijtimoiy yönaltirilgan faoliyat bölgan.