Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Abe Sindzo! Kono Taro! - Yaponiya tashqi ishlar vazirligi yaponlar ismlarini to‘g‘ri aytishga chaqirmoqda
Yaponiya tashqi ishlar vaziri Taro Kono xorijiy jurnalistlarni Yaponiya fuqarolari ismlarini aytishda an'anaviy yapon tartibini qo‘llashga chaqirdi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Yapon an'analariga ko‘ra, ism-sharifni aytishda oldin familiya, keyin ism keladi. Bunga ko‘ra, Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe aslida Abe Sindzo, Taro Kono esa Kono Taro deb aytilishi kerak.
Yaponiya mamlakatda yangi imperatorlik davri boshlangani munosabati bilan xalqaro muloqotda yapon ismlarini aytishda an'anaviy yapon tartibiga o‘tmoqchi.
Mavzuga oid
21:30 / 16.07.2026
Toyota 2027 yilgi Crown modelini namoyish etdi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026
Yaponiya viza narxini besh barobarga oshiradi
18:57 / 15.06.2026