Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT)ning Şarqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlarida korrupsiyaga qarşi kuraş tarmoği kotibiyati korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça Istanbul harakatlar rejasi doirasida Özbekistonda olib borilgan törtinçi monitoring yakunlarini e'lon qildi.
23 may kuni hukumat va Oliy Majlis vakillari hamda IHTT mutaxassislari iştirokida bölib ötgan anjumanda mazkur monitoring xulosalariga köra mamlakatdagi antikorrupsion tizim kamçiliklari va ularni bartaraf etiş böyiça tavsiyalar ma'lum qilindi. Unga köra, Özbekistonda:
antikorrupsion siyosat qisqa muddatli harakatlarga asoslangan, strategik harakatlar mavjud emas;
antikorrupsion faoliyatga daxldor bölgan idoralarning joylardagi faoliyati yaxşi yölga qöyilmagan;
qonun hujjatlarida amaldagi holatni örganuvçi tadqiqot işlari va ularning xulosalari bilan boğliqlik yöq;
korrupsiya haqida aholi fikrini örganiş, ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti, lekin bu tadqiqotlarning xulosalaridan antikorrupsion faoliyatni yölga qöyişda qançalik foydalanilayotgani ma'lum emas;
antikorrupsion komissiyaga jamoat vakillarini jalb etişning aniq tartibi mavjud emas;
korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça metodologik tavsiyalar mavjud emas, bu borada har bir davlat idorasi öziça alohida yondaşmoqda;
korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça respublika idoralararo komissiyasining kadr va moliyaviy resurslari talab darajasida emas.
Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda IHTT tomonidan 47ta tavsiya işlab çiqilgan. Xususan:
milliy antikorrupsion tizimdagi kadrlarning ixtisoslaşuvi, malakasi oşirilişini ta'minlaş;
korrupsiyaga qarşi kuraş böyiça respublika idoralararo komissiyasining ixtisoslaşgan doimiy kotibiyatini tuziş;
tizimga daxldor idoralarni malakali kadrlar va doimiy moliyaviy resurslar bilan ta'minlaş;
antikorrupsion siyosatning amalga oşirilişidagi nodavlat taşkilotlarning ham rolini oşiriş;
korrupsiyaga qarşi harakatlarning natijadorligini baholab boriş;








