Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari bilan hamkorlikni yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisidagi hukumat qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qaror bilan Islom taraqqiyot banki va Arab muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari bilan hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça Harakatlar rejasi tasdiqlandi.

Harakatlar rejasi doirasida “Obod qişloq” dasturini moliyalaştirişga Islom taraqqiyot banki jalb etiladi.

Özbekiston Milliy universiteti, Toşkent axborot texnologiyalari universiteti va Islom taraqqiyot banki örtasida Memorandum imzolanadi.

Islom xususiy sektorini rivojlantiriş korporatsiyasining Özbekistonga taşrifi taşkil etiladi va hamkorlik kengaytiriladi.

2019–2021 yillarda Islom taraqqiyot banki bilan jami qiymati 2 mlrd 42 mln dollardan köproq miqdordagi 17 ta investitsiya loyihasi amalga oşiriladi. Jumladan, “Bişkek–Duşanbe–Termiz” avtomobil yöli rekonstruksiya qilinadi.

Arab muvofiqlaştiriş guruhi jamğarmalari 12 ta loyiha amalga oşiradi, mazkur loyihalarning qiymati 1 mlrd dollardan köproq.

Özbekistonda neyroxirurgiya xizmatini yuqori texnologik tibbiyot uskunalari bilan jihozlaş uşbu loyihalar qatoridan joy olgan.