Özbekiston Respublikasi prezidenti Şavkat Mirziyoyevning 2019 yil 24 may kuni ilm-fan namoyandalari bilan bölgan uçraşuvda bildirgan fikrlari yuzasidan Toşkent viloyati Çirçiq davlat pedagogika instituti rektori, Özbekiston Respublikasi Fan arbobi Ğofurjon Muhamedov öz munosabatini bildirdi. Uning maqolasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi saytida e'lon qilindi, quyida maqola matni töliq holda keltiriladi.

Oliy ta'lim bugungi kun talablariga javob beryaptimi? Nima uçun ilm-fan va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot poydevorini yaratib berişi kerak bölgan oliy ta'lim muassasalari öz vazifalarini yetarli darajada bajara olişmayapti? Kimlar yoki nima bunga xalaqit beryapti? Sohadagi muammolarni hal qilişning yeçimi qanday? Biz oliy ta'lim tub islohotini nimadan boşlaşimiz kerak va undan közlangan asosiy maqsad nima bölişi kerak? Özbekiston Respublikasi Prezidentining ilm-fan namoyandalari, Oliy ta'lim muassasalari rektorlari hamda iqtidorli talabalar bilan bölgan muloqoti aynan uşbu prinsipial masalalarni oçiq-oşkor örtaga taşlaş va yeçimlarning umumiy konturlarini belgilaşga bağişlandi.

Bugungi kunda bir narsa oydinlaşib qoldi: nafaqat “kosmetik”, hatto unça-munça jiddiy sanaladigan “joriy ta'mirlaş” bilan ham oliy ta'lim, jumladan, oliy pedagogik ta'limni isloh qilib bölmaydi. Oliy ta'limning boş ğoyasini, aytiş mumkinki, falsafasini özgartiriş kerak. Oliy ta'limga yondaşuvni, undan közlangan maqsadlarni tubdan özgartiriş, yondaşuvni maqsad bilan uyğunlaştiriş kerak. Buning esa, bizningça, ikki asosiy ustuvor yönalişi bor: içki va taşqi integratsiyaga erişiş.

Içki integratsiya – ham oliy ta'lim muassasalariaro, ham sohalar kesimida, ham sohada faoliyat yurituvçi olim va mutaxassislar örtasida uzviy, uzluksiz, doimiy aloqadorlikni ta'minlaş, bir joyda bölayotgan özgariş va yangiliklar bilan boşqa joyda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarni tezkor xabardor qiliş va erişilgan ilmiy natijaning keng miqyosdagi aprobatsiyasini amalga oşirişdir. Taşqi integratsiya esa öz qobiğimizda öralaşib qolmasdan har bir fan yönalişi, sanoat sohasi böyiça rivojlangan mamlakatlardagi ahvolni yaqindan biliş, fikr almaşiş va şu yöl bilan qadamlarimizni rivojlangan dunyo bilan rostlaşdir. Har ikki sohada ham kamçiliklarimiz talay ekanligi bugungi kunda ayon bölib qoldi.

Hozirgi dunyo ilm-fani va ta'limining rivojlanişini kuzatadigan bölsak, uning tor ixtisoslik tomonga yönalganligini körişimiz mumkin, ya'ni hozirgi rivojlaniş va raqobatga doş beriş uçun, yuzaki qaraganda har tomonlama bilimga egadek körinadigan, aslida esa har sohadan bir şingil biladigan çalasavodlar emas, bir sohani juda çuqur biladigan, şu sohaga javob bera oladigan, sohadagi muammolar bilan beş barmoqday taniş tor soha mutaxassisi kerak.